Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “B.A.” MCHJ o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishiga avto o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 800 dollar va 16 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq bir haftada “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkakka jazo tayinlangani, Toshkentda 1 hafta muddatda “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkak ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi