Toshkent shahrida 2022-yilning 15-may kuni “Men g‘olib” shiori ostida sport marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Shu munosabat bilan 15-may kuni soat 06:00 dan soat 10:00 ga qadar shahrimizdagi bir necha ko‘chalar yopiladi:

Foto: Toshkent shahar hokimligi

  • Qoraqamish 4-tor va Qoraqamish 2-tor ko‘chalari kesishmasidan Qoraqamish 4-tor ko‘chasi bo‘ylab, undan Talabalar ko‘chasiga ulanib, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Kichik halqa yo‘li va Talabalar ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Sag‘bon va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Qoraqamish ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Oltinsoy ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Oltinsoy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Oltinsoy ko‘chasi bo‘ylab Dilsaroy ko‘chasi kesishmasiga;
  • Oltinsoy va Dilsaroy ko‘chalari kesishmasidan Dilsaroy ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha.

Hokimlik haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni va noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Bundan avval Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar qilingandi.