Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon bilan Afg‘oniston atrofidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Kreml xabar bergan.

Foto: Sputnik Tojikiston

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari so‘nggi vaqtlarda Afg‘oniston hududida terrorchilik guruhlarining faollashuvi kuzatilayotgani, tojik-afg‘on chegarasida xavfsizlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlik qilish borasida fikr almashgan.

8-mayda ISHID terrorchilik tashkiloti jangarilari tomonidan Tojikistonga qarata yettita reaktiv raketa uchirgani xabar qilingan. Manbalar raketalarning parvozi Afg‘oniston shimolidagi Taxar viloyatidan amalga oshirilgani to‘rtta snaryad Amudaryo o‘zanlaridan biri bo‘lgan Panj daryosiga qulagani, yana uchtasi esa daryo atrofidagi o‘rmonga tushganini bildirgan.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.