Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bunyod etilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga tashrifi chog‘ida korxona xodimlari bilan suhbatlashdi. Ushbu holat “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga unga 2022-yil yakunigacha Uchko‘prik tumanida ishsizlik bo‘lmasligi haqida aytganini ta’kidladi.

Bu mening armonlarim, bu mening dardlarim. Agar shu ishsizlikni iloji boricha tezroq yo‘q qilib, sizlarning daromadlaringiz kechagiga nisbatan salgina oshib borsa bo‘ldi. Bog‘cha bo‘lsa, maktab bo‘lsa, daromad bo‘lsa, tibbiyot bo‘lsa, tinchlik bo‘lsa bo‘ldi. Mahalla raisidan boshlab, viloyat hokimigacha faqat aholining dardi bilan yashagin, deyapman. Xonadonga kir, yurgin, g‘o‘ddaymagin. G‘o‘ddaydingmi lavozimingdan olib tashlayman, deyapman. Menga g‘o‘ddayganlar yoqmaydi. Pastda yursak, kambag‘alchilikni qisqartirib, odamlarni rozi qilsak, Xudo bizga madadkor bo‘ladi, — deydi prezident.