Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Boboshbek” mahallasidagi “Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va logistika markazi”ga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ushbu markaz yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 250 milliard so‘mni, maydoni esa 15 gektarni tashkil etadi. Ajratilgan yer maydonining 9,2 gektarida ishlab chiqarish va 3,8 gektarida savdo komplekslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan tashqari, hududda 2 gektar maydonda 2 ta logistika markazi tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Eksport hajmi 18,5 million dollarni tashkil etadi. Yiliga budjetga 106,5 milliard so‘m mablag‘ tushadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markazda jami 7 ming 661 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shtepa tumanida ham yana bir to‘qimachilik korxonasi qurilmoqda. “Global textile infinity” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan bu fabrika yiliga 18 million metr yuqori sifatli mato hamda 10 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Davlat rahbari to‘qimachilikda qayta ishlash darajasini va mahsulotlar oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Bugun bozor beshafqat. Bu raqobatga munosib bo‘lish uchun tadbirkorning kamida besh yillik mo‘ljali, sifat kafolati, tannarxda o‘zining rezervi bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)