Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining so‘nggi, 34-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 14-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Chempionlik masalasini hal qilgan “Bavariya” “Volfsburg” maydoniga safar qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Myunxenliklar dastlabki bo‘limda Yosip Stanishich va Robert Levandovskining gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq ikkinchi 45 daqiqalikda “Volfsburg” ketma-ket 2 ta gol urib, muvozanatni tikladi. Gollarga Yonas Vind va Maks Kruze mualliflik qildi.

“Borussiya D” o‘z maydonida “Herta”dan ustun keldi. 18-daqiqada Isak Belfodil penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada esa mezbonlar foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, penaltini Erling Holand aniq amalga oshirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Yussufa Mukoko “arilar”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi — 2:1.

Shu tariqa Germaniya Bundesligasining 2021/22-yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. 31-turda chempionlikni qo‘lga kiritgan “Bavariya” mavsumni 77 ochko bilan, ikkinchi o‘rindagi dortmundliklar esa 69 ochko bilan tugatdi.

Skrin: Sofascore

Mavsum natijalariga ko‘ra “Bavariya”, “Borussiya D”, “Bayer”, “Leypsig” (YChL), “Union Berlin” (Yevropa Ligasi), “Frayburg” (Konferensiyalar Ligasi) Yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Arminiya” va “Groyter” quyi ligaga ravona bo‘ldi, “Herta” esa elitada qolish uchun pley-off o‘yinida maydonga tushadi.

Bundesliga

34-tur bahslari

14-may, shanba

“Volfsburg” – “Bavariya” 2:2

Gollar: 0:1 – 17 Stanishich, 0:2 – 40 Levandovski, 1:2 – 45 Vind, 2:2 – 58 Kruze.

“Volfsburg”: Kastels, Baku, Bruks (Bornauv, 90), Lakrua, van de Ven (Russiyon, 72), Gerhardt (Vranks, 72), Arnold, Shlager, Vind, Kruze (Filipp, 83), Nmecha (Byalek, 83).

“Bavariya”: Noyer (Fryuxtl, 81), Ernandes, Upamekano, Stanishich, Devis (Richards, 81), Goretska, Gnabri (Sane, 67), Kimmix (Vidovich, 81), Musiala, Myuller (Shupo-Moting, 60), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Nmecha (42), Upamekano (77), Richards (88).

“Borussiya D” – “Herta” 2:1

Gollar: 0:1 – 18, penalti Belfodil, 1:1 – 68, penalti Holand, 2:1 – 84 Mukoko.

“Borussiya D”: Byurki, Jan (Bayno-Gittens, 46), Akanji, Zagadu (Pongrachich, 82), Gerreyru, Volf, Vitsel (Mukoko, 83), Brandt, Bellinghem, Roys, Holand (Reynyer, 90).

“Herta” – Lotka, Pekarik, Boyata, Kempf, Plattenxardt, Mittelshtedt (Byerkan, 65; Boateng, 88), Tuzar, Serdar (Darida, 56), Askasibar (Yovetich, 88), Ekkelenkamp (Rixter, 46), Belfodil.

Ogohlantirishlar: Askasibar (66), Plattenxardt (66).

“Bayer” – “Frayburg” 2:1

Gollar: 1:0 – 53 Alario, 1:1 – 88 Xaberer, 2:1 – 90 Palasios.

“Union Berlin” – “Boxum” 3:2

Gollar: 1:0 – 5 Premel, 2:0 – 25, penalti Avoniyi, 2:1 – 55 Soller, 2:2 – 79 Leven, 3:2 – 88 Avoniyi.

“Borussiya M” – “Hoffenhaym” 5:1

Gollar: 0:1 – 3 Kramarich, 1:1 – 26 Shtindl, 2:1 – 44, penalti Plea, 3:1 – 45 Hofmann, 4:1 – 53 Embolo, 5:1 – 68 Hofmann.

“Shtutgart” – “Kyoln” 2:1

Gollar: 1:0 – 12 Kalayjich, 1:1 – 59 Modest, 2:1 – 90 Endo.

“Mayns” – “Ayntraxt F” 2:2

Gollar: 1:0 – 10 Ingvartsen, 1:1 – 25 Tuta, 1:2 – 35 Borre, 2:2 – 49 Ingvartsen.

“Augsburg” – “Groyter” 2:1

Gollar: 1:0 – 11, penalti Kalijuri, 1:1 – 23 Ngankam, 2:1 – 84 Gregorich.

“Arminiya” – “Leypsig” 1:1

Gollar: 1:0 – 70 Zerra, 1:1 – 90 Orban.