Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Litva 1-iyundan Eytvidas Bayarunasni Rossiyadagi elchi lavozimidan chaqirib olishga qaror qildi, deb yozadi Meduza.

Eytvidas Bayarunas

Eytvidas Bayarunas
Foto: “TASS”

Delfi hukumat qarori loyihasiga tayanib xabar qilishicha, 7-iyundan Sankt-Peterburgdagi konsulxona tugatiladi, u aprelda Rossiya tomonidan yopib qo‘yilgan edi.

Aprel boshida Litva Buchada tinch aholi vakillari o‘ldirilganidan keyin Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yuborib, Klaypedadagi Rossiya konsulxonasini yopishga qaror qilgandi. Rossiyadagi Litva elchisi o‘z mamlakatiga qaytib kelishi haqida o‘shandayoq e’lon qilingandi.

10-may kuni Litva seymi Rossiyani “terrorchi davlat” deb tan olish haqida rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etdi. Litva rasmiylari ittifoqqa a’zo davlatlar ichida birinchi bo‘lib Rossiya gazidan butunlay voz kechdi, rossiyaliklarga qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatdi, Rossiya bilan diplomatik vakolatxona darajasini pasaytirdi va Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi