Xotira va qadrlash kuni arafasida ERIELL Group kompaniyasi Toshkentda Ikkinchi jahon urushi faxriylarini qutladi.

Har yili ERIELL kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Bu yil an’anaga ko‘ra, muhim bayram arafasida ERIELL vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamrohligida, Toshkentdagi 33 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisini bayram bilan tabrikladi.

O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kunida har bir oila o‘z qahramonlarini yodga oladi. O‘sha mash’um kunlar hech bir o‘zbek xonadonini chetlab o‘tmadi, Ikkinchi jahon urushi yillarida 1.5 million vatandoshimiz frontga otlandi. Ularning 500 000 tasi halok bo‘ldi yoki dom-daraksiz yo‘qoldi. Ularning ko‘pchiligi harbiy xizmatga ko‘ngilli bo‘lib kirib, urush tugagandan keyin o‘z yurtida urush oqibatlarini tugatish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.

Afsuski, yildan yilga vatanimizning musaffo osmoni va tinch hayoti uchun minnatdorchilik bildirishimiz kerak bo‘lgan insonlar safi kamayib bormoqda.

Anna Georgiyevna Karimova urush va o‘z quroldoshlari haqida eslaganda ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaydi. O‘sha dahshatli kunlar tugaganiga ham 77 yil bo‘libdi, ammo yoshgina halok bo‘lgan do‘stlar xotirasi hamon yurakka og‘riq beradi. Urush boshlanganda Anna 17 yoshda edi. Bugun Anna Georgiyevna bir asrlik yosh bo‘sag‘asida turibdi, biroq uning yuragida hamon o‘sha urush yoshligini kuydirgan yoshgina qizaloq yashaydi. ERIELL Group’dan kelayotgan mehmonlar haqida eshitgan Anna Georgiyevnaning nabirasiga bergan birinchi savoli ham o‘zining ko‘rinishi qanday ekanligi to‘g‘risidagi savol bo‘ldi. Bu uchrashuv hissiyotga boy va hayajonli bo‘ldi, Anna Karimova o‘z mehmonlariga ko‘p narsa haqida so‘zlab berdi, o‘tmishni yodga olib ko‘zlari yoshlandi, bugungi kun haqida so‘zlab tabassum qildi, mehmonlarning maqtovlariga shodon kulib, javob berdi. Shu yerda barcha hozir bo‘lganlar uchun u ayollik nafosati va qahramonlik timsoli edi.

Bu yil Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklangan insonlarning aksariyati urush boshlanganda juda yosh, navqiron bo‘lgan. Bu qisqa bayram uchrashuvlarida ularning har biri urush qanchalik insonni o‘zgartirib yuborgani to‘g‘risida so‘zladi. Faxriylardan biri 18 yoshida o‘z quroldoshlari uchun ularning oilalariga “qora xat” yozganini alam bilan xotirlaydi. Boshqalar uchun esa gospitalda yaralanganlarning ohu-nolalari, ularning oilalari to‘g‘risidagi so‘zlari hamon quloqlarida jaranglaydi. Ular agar urushdan qaytmasa, yaqinlari qanchalik qiynalishini so‘zlardilar.

Ko‘zlarda yosh bilan nishonlanadigan bu bayram kunlari faxriylar uchun, oilaviy bayram dasturxoni uchun sovg‘alar keltirgan, ta’sirchan hikoyalarni tinglab, sog‘lik tilagan va chin yurakdan minnatdorlik bildirgan ERIELL Group xodimlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Ularning metin irodasi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xotira, ularning pok vijdoni va qadri, tinch osmon ostida yashash imkoniyati uchun ulardan har qancha minnatdor bo‘lsak ham oz.

ERIELL Group Xotira va qadrlash kuni bilan qutlaydi. Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik, tinch va musaffo osmon, O‘zbekistonning yorqin istiqboliga ishonch tilab qolamiz.

Qahramonlarimiz va ularning vatanimiz tinchligi va ozodligi yo‘lidagi jasorati hech qachon unutilmaydi.

Reklama huquqi asosida.