Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanining “Ahmad Yassaviy” mahallasida bo‘lib, nuroniylar bilan suhbatlashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari suhbat davomida mahalla tizimi haqida gapirgan.

“Avval mahalla bor edi, lekin unda sharoit yo‘q edi. Mahalla tizimi bizga ham maktab. Qaysi tomoni ma’qul, qaysi tomoni noma’qulligi jihatdan. Endi prezident qabulxonalari tuman markazida emas, mahallada bo‘ladi. Mahalla insonlarning masalasini yechadigan makon bo‘lishi kerak”, — degan davlat rahbari.

Prezident shu o‘rinda ta’lim va tibbiyotga berilayotgan e’tiborni alohida aytgan.

“So‘nggi yillarda ta’limga, tibbiyotga ko‘p e’tibor beryapmiz. Bizga tibbiyot juda zarur. Insonlar tibbiyotdan rozi bo‘lishi kerak. Qaror-farmonlarni chiqaryapmiz, maqsadimiz — tibbiyot tizimini rivojlantirish”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Olmazor va Yashnobod tumanlaridagi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)