Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mart oyida AQSHning Rossiyaga tovarlar eksporti qiymat jihatidan deyarli besh barobarga qisqardi. Eksport fevraldagi 497,5 mln dollardan 101,1 mln dollarga tushdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Foto: AP

Foto: AP

Ma’lumotlarga ko'ra, mart oyida AQSHning Rossiyaga eksport ko‘rsatkichi kamida 2002-yildan beri bir oy ichida savdo tarixidagi eng kichik ko‘rsatkich bo‘ldi Mart oyida Rossiyadan AQSHga eksport hajmi 2,58 mlrd dollardan 2,75 mlrd dollargacha oshgan. 

Bu birinchi navbatda neft yetkazib berish hajmining fevral oyidagi 63 mln dollarga nisbatan 363 mln dollarga oshgani bilan bog‘liq. 

AQSHdan Rossiyaga yetkazib berilishi keskin pasaygan tovarlar orasida avtomobillar (fevraldagi 83 mln dollardan mart oyida 20 mln dollargacha), farmatsevtika mahsulotlari (60 mln dollardan 14 mln dollargacha), uskunalar (ichki yonuv dvigatellari, turboreaktiv dvigatellar, qishloq xo‘jaligi texnikasi) bor. 

Shuningdek AQSH mart oyida Rossiyadan 1,35 mlrd dollarlik neft mahsulotlarini import qildi (fevraldagi 1,31 mlrd dollar bo‘lgan).

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti fonida, AQSH Rossiya bilan savdoda eng qulay davlat rejimini bekor qildi. Rossiyadan aroq, dengiz mahsulotlari va olmos importini, shuningdek, hashamatli tovarlar eksporti taqiqlandi.

Avvalroq Bayden AQSH kongressidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 33 mlrd dollar ajratishni so‘ragan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi