Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSH fuqarosi, xususiy harbiy kompaniya xodimi, 22 yoshli Uill Jozef Kensel Ukrainadagi urushda Ukraina armiyasi safida jang qilayotganda halok bo‘ldi. Bu haqda uning oilasi vakillari CNN telekanaliga xabar berdi.

Uill Jozef Kensel

Uill Jozef Kensel
Foto: CNN

Kensel 25-aprel kuni halok bo‘lgan. Fojia Ukrainaning qaysi viloyatida sodir bo‘lgani haqida xabar berilmagan. Marhumning onasi Rebekka Kabreraning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining o‘limi haqida unga xabar bergan odamlar uning jasadini topa olishmaganini aytgan.

Uill Jozef Kensel — AQSHning sobiq dengiz piyodasi. U Tennessi shtatidagi axloq tuzatish muassasasida ishlagan va Ukrainadagi urushdan biroz oldin xususiy harbiy kompaniyaga ishga o‘tgan. 12-mart kuni u Polshaga kelgan, 12—13-mart kunlari Ukraina chegarasini kesib o‘tib, Ukraina kuchlariga qo‘shilgan. Onasining aytishicha, Kensel turli mamlakatlardan kelgan odamlarni o‘z ichiga olgan bo‘linmada jang qilgan.

AQSH Davlat departamenti bu ma’lumotdan xabardor ekani va vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Davlat departamenti AQSH fuqarolari Ukrainaga bormasligi kerakligini ta’kidlab, amerikaliklarni zudlik bilan u yerni tark etishga chaqirdi.

Urush boshida Ukraina hukumati xalqaro hududiy mudofaa legionini tuzgan edi, unga boshqa mamlakatlardan ko‘ngillilar qo‘shilishi mumkin. 7-mart kuni Ukraina Mudofaa vazirligi legionda 20 ming kishi borligi haqida xabar bergan.

28-aprel kuni Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada Britaniyaning bir fuqarosi o‘ldirilgani, yana biri bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergandi. BBC News marhum Britaniya qurolli kuchlarining 34 yoshli faxriysi Skott Sibli ekanini xabar qildi. U Ukrainadagi urush paytida halok bo‘lgan birinchi britaniyalik bo‘ldi.

Aprel oyi boshida Rossiya OAVlari Britaniyaning ikki fuqarosi Eyden Eslin va Shon Pinner Rossiya va Donbass respublikalari harbiylari tomonidan asirga olingani haqida xabar bergan. Ularni Ukrainada hibsda saqlanayotgan siyosatchi Viktor Medvedchukka almashtirish taklif qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi