Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning 5-aprel kuni xalq ta’limidagi ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ta’lim rivojiga befarq bo‘lmagan tadbikorlarning xayrli ishlarini qayd etib o‘tdi. Ushbu holat “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bir misol aytishim mumkin, 71-maktabimiz uch smenali edi. Shu yerda o‘qigan tadbirkor yigitimiz oldimga kelib, ruxsat bersangiz, maktabni buzib tashlab o‘rniga yangi maktab qursam. Uni bir smenali qilib beraman, dedi. U maktabga 7 milliard ajratib, maktabni to‘liq qayta ta’mirlab berdi. Shu o‘quv yilining o‘zida tadbirkorlarimiz tomonidan 18 milliard so‘m homiylik mablag‘lari maktablar uchun berildi”, — deydi Samarqand viloyati hokimi.

Prezident maktab qurib bergan tadbirkorni mukofotlashini aytdi.

“Shu 7 milliard qo‘yaman degan tadbirkorni mukofotlashga bergin. Men uni mukofotlayman. Men undan minnatdorman”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)