Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-aprel kuni o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasiga doir yig‘ilishda o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashini rag‘batlantirish orqali ta’lim sifatini keskin oshirish mumkinligi qayd etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili xalqaro sertifikatni olgan chet tili o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimi joriy qilingani natijasida Navoiy, Namangan va Surxondaryoda malakali o‘qituvchilar sezilarli darajada oshgan. Mutasaddilarga bu tajribani yangi o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo, fizika, biologiya va axborot texnologiyalari fanlariga ham joriy etish topshirilgan.

“Maktablarda davlatdan maosh oladigan 15 mingga yaqin ma’naviyatchi bor. Lekin o‘quvchilarning tarbiyasi, Vatanga muhabbat yoki ota-onaga hurmat ruhini shakllantirishda, ayting-chi, qaysi tuman maktabi namuna bo‘ldi? Hali bunday maktablar yo‘q. Qani maktab siyosati?”, — deya savol qo‘ygan davlat rahbari.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda “qizil” toifaga kirgan 1 ming 526 ta maktabni joyida o‘rganib, har biri bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak