Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxoro viloyatining Kogon tumanida meteorologik radiolokator (MRL) uskunasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “O‘zgidromet” axborot xizmati

Foto: “O‘zgidromet” axborot xizmati

Ta’kidlanishicha, Finlandiyaning “VAISALA OyJ” kompaniyasi bilan ushbu meteorologik radiolokator uskunasini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha kelishuv rasmiylashtirilgan, salkam ikki yil davomida amalga oshirilgan.

“O‘zgidromet” markazi yetakchi mutaxassisi Erkin Abduahatovning aytishicha, mazkur radiolokator bir million dollarga xarid qilingan.

“Meteorologik radiolokator 200 kilometr radiusda mavjud va kutilayotgan ob-havo hodisalari to‘g‘risida, xususan, yog‘inlar miqdori va turi (yomg‘ir, do‘l, qor) hamda uning davomiyligi, shamol tezligi va yo‘nalishi, chaqmoq va momaqaldiroq xususiyatlari, bulutlar oqimi va turini real vaqt ko‘rinishida olish imkoniyatini beradi.

Foto: “O‘zgidromet” axborot xizmati

Foto: “O‘zgidromet” axborot xizmati

Mazkur lokator Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Turkmaniston va Buxoroning barcha hududlaridagi ob-havo hodisalarini osmonda kuzatib, meteorologik kartalarga tushiradi va oldindan xabardor qiladi. Misol uchun, Turkmanistondan kuchli shamol kirib kelayotgan bo‘lsa, biz shamol xavfini ikki soat oldin ko‘ra olishimiz mumkin.

Ma’lumotlar har 10 daqiqada yangilanadi va muntazam ravishda O‘zgidrometning meteorologik lokatorlar geografik axborot-tahliliy geoportaliga uzatib boriladi”, — deydi Erkin Abduaxatov.

Qayd etilishicha, ushbu meteorologik radiolokatorning Kogon tumaniga o‘rnatilishi tizimda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, shu orqali ob-havo prognozlari sifatini keskin oshirishga hamda meteorologik kuzatuvlarda mikro modellardan foydalangan holda, hududlar kesimida qisqa muddatli prognozlash imkonini yaratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi