Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tog‘li hududlarda adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.
Ma’lum qilinishicha, 1-aprel kuni soat 20:25 da Urgut tumani “Xo‘jaydiq” mahallasida joylashgan “Shirboq ota” ziyoratgohi yuqori tog‘ tizmasida 4 nafar fuqaro sayohat qilib, yo‘ldan adashgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari xabar qilingan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishgan.
Qutqaruvchilarning olib borgan sa’y-harakatlari natijasida 2-aprel kuni soat 04:10 da fuqarolar tog‘dan sog‘-salomat olib tushilgan.
Izoh (0)