• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2022-yil 1-apreldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida mamlakatda kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi

    Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshiriladi.

    O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.

    Keksalar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

    O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.

    Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.

    Og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi.

    Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

    Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi

    To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.

    Xususiy bog‘cha va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalar daromad solig‘idan ozod qilinadi

    Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1—4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi.

    Daraxtlarni noqonuniy kesganlarni foto va videoga olib yuborganlar mukofotlanadi

    Daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari — 270 ming so‘m miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.

    UzAuto Motors avtomobili faqat xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi

    Ushbu kompaniya tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

    Toshkentda o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi

    Tibbiyot muassasasi xodimi o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDY bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. FHDY axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi.

    Investorlar, IT-kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun IT-Visa joriy etiladi

    IT-Visa jismoniy shaxslarga 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. IT-Visa egalari vizaning amal qilish muddati davomida O‘zbekistonga erkin kirib-chiqishlari, O‘zbekistonning istalgan hududida qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz qolishlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

    Jismoniy shaxslarning aksiyalardan oladigan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi

    2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha:

    • O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
    • norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
    • rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.
    Bir qator sohalardagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi

    Quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi:

    • chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
    • mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
    • avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
    • transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
    • kompyuter xizmatlari;
    • maishiy texnikani ta’mirlash;
    • agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
    • ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.
    Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa qo‘llaniladi.

    31.03.2022, 23:23   Izoh (0)   46546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda brokkoliga qiziqish va ehtiyoj ortib bormoqda — Qishloq xo’jalik vazirligi

    31.03.2022, 23:10

    Toshkentda 1-apreldan issiqlik ta’minoti o‘chiriladi

    31.03.2022, 23:00

    Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

    31.03.2022, 22:28

    O‘zbekistonda oxirgi besh yil ichida baliq yetishtirish hajmi uch baravar oshdi

    31.03.2022, 22:17

    Toshkentda erkak 19 yil avval sodir etgan qotilligi uchun hukm qilindi

    31.03.2022, 22:06

    Mahalliy korxonalar shakarga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlay oladi — Iqtisodiyot vazirligi

    31.03.2022, 21:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.