Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mustaqilligi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida harbiy holat e’lon qilindi. Rossiya mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlarining Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazoratidagi hududga kirganini xabar qilgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Rossiya Ozarbayjonga qo‘shinni hududda olib chiqishni so‘rab murojaat yuborgan, deyiladi mamlakat Mudofaa vazirligining bayonotida. Vazirlik axborotiga ko‘ra, Bayraktar TB-2 droni bilan Tog‘li Qorabog‘ning Furux aholi yashash maskanidagi bo‘linmasiga to‘rt marta zarba berilgan.

“26-mart kuni Arsax respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan mamlakat hududida harbiy holat e’lon qilingani tufayli vaqtinchalik huquqlar cheklanishi haqidagi farmonni imzoladi”, — deyiladi Tog‘li Qorabog‘ rahbari matbuot xizmatining xabarida.

Tog‘li Qorabog‘ harbiylari Ozarbayjon tomonidan hududga bostirib kirishga urinish bo‘lganini xabar qilgan, shundan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat yo‘llab, hududdagi rossiyalik tinchlikparvar kuchlar sonini oshirishni so‘ragan.

24-martda Yerevan Bokuni Tog‘li Qorabog‘da “etnik tozalash” siyosatini yakuniga yetkazishga uringanlikda ayblagan. Bahor faslining boshqa yildagilarga nisbatan sovuqroq kelganiga qaramay hududdagi gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Gaz Armanistondan yetkazib beriladi, biroq gaz quvuri 2020-yilda Ozarbayjon qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan hududdan o‘tadi. To‘qnashuvlar xavfi mavjud chiziqlardagi vaziyat ham keskinlashgan. 26-mart kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Rossiya va Ozarbayjon mudofaa vazirliklarining rahbarlari ham hududdagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi