Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga yengilroq jazo tayinlashga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida X.A. ismli shaxs fuqarolar K.Q. va M.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etishni va’da qilgani aniqlangan. U K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o‘qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda ikki mahkumni 136 million so‘m evaziga ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan shaxs aniqlangan, Toshkentda tergovchi 1000 dollar, profilaktika inspektori esa 300 dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi