• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    O‘zbekistonga kirib kelayotgan qahva madaniyati — uning ommalashuvi davom etadimi yoki bu vaqtinchalik hodisa? Raqamlar, fikrlar va faktlar

    Issiq kunda ham qaynoq choy ichishga odatlangan o‘zbekistonliklarning ko‘p qismi bugun kofe ishqiboziga aylangan. Ular uchun bir finjon issiq qahva, kezi kelsa an’anaviy nonushtaning o‘rnini ham bosa olish darajasiga yetayotgani ayni haqiqat. Endi erta tongdan shosha-pisha uyidan chiqqan talaba yoki oddiy ishchining nonushta qilmagani muammo emas — ko‘cha-ko‘yda tobora soni ortib borayotgan turli ko‘rinishga ega qahva sotiladigan nuqtalar masalaga yechim bo‘lyapti. Ba’zilar qahvaga kunlik energiya sifatida qaraydi, boshqalar esa uning ta’mi o‘zgachaligi uchun tanlovga sabab bo‘layotganini aytadi. Shu tariqa qahva sotuvchilarining kundalik savdosi yaxshilanib boryapti va aholida kishi bilmas qahva madaniyati shakllanmoqda.

    Qahvaga bo‘lgan muhabbat shunchaki qiziqishmi yoki ehtiyoj? Qahvasiz kunini tasavvur qilolmaydigan, uning yoqimli hidlaridanoq tetiklashuvchi kofemanlar, albatta, ikkinchi variantni javob sifatida ko‘rsatadi. “Daryo” esa qahva bilan bog‘liq shu va boshqa savollar yuzasidan mutaxassis fikrini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” /Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” /Dilruh Isomiddinova

    Dunyoda neft savdosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan eng ko‘p sotiluvchi mahsulot — qahvada qandaydir umumlashtiruvchi xususiyat bor: bu ichimlikka bo‘lgan muhabbat dunyoning turli burchagidagi odamlarni birlashtiradi.

    Turli tayyorlanish uslubi, yoqimli hidi, taqdim etish yo‘li va barchaga sevimli ta’mi — bularning barchasi qahva dunyosini yaratadi. Odam qayerda bo‘lmasin, yarim kechasi aeroportdami, erta tongda mehmonxonada yoki kun orasida yo‘l yuzidagi tamaddixona menyusida qahva, albatta, o‘rin oladi.

    Qahvaga bo‘lgan ehtiyoj yoki qiziqishning tobora ortib borayotganini raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,9 million dollarga teng qariyb 333 tonna qahva mahsulotlarini import qilgan. Bu raqamlar 2020-yil bilan solishtirilganda 2,7 tonnaga oshgan.

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Eng ko‘p kofe mahsulotlari import qilingan davlatlar:

    1. Rossiyadan — 102,3 tonna;
    2. Italiyadan — 95,2 tonna;
    3. Braziliyadan — 49 tonna;
    4. Vyetnamdan — 23,2 tonna;
    5. Belarusdan — 17,6 tonna;
    6. Turkiyadan — 8,2 tonna;
    7. Kolumbiyadan — 7,7 tonna;
    8. Germaniyadan — 6,3 tonna.
     

    Qiyoslash uchun: O‘zbekiston 2021-yilda 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 42,8 million dollarga teng 32,2 ming tonna choy import qilgan.

     

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan Sanny Coffee asoschisi Sanjarbek Ashirmuhammedov, tadbirkorlar kofe xomashyosini boshqa davlatdan o‘zi olib kirgani ancha arzon narxga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi:

    “Bu kofe ichuvchilar uchun ham juda muhim. Sababi tadbirkor mahsulotlarini qancha narxga sotib olsa, shundan kelib chiqib tayyor qahva narxlarini belgilaydi. Qo‘yilgan narx esa mahsulotlar xarajatini qoplashi zarur”.

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    O‘zbekistonga eng ko‘p qahva eksport qilgan Rossiyada kofe bilan bog‘liq vaziyat qanday?

    Rossiyalik tadqiqotchi, olim va iqtisod fanlari nomzodi Mixail Solovyevning ma’lumotlariga ko‘ra, qahva iste’moli Rossiyada avvaliga kishi boshiga yiliga 1,5 kg ni tashkil qilgan. SSSR parchalanganidan so‘ng u 7 barobarga ortib, doimiy iste’mol qilinadigan choyni ortda qoldirgan.

    Stalin davridagi kofe tanqisligi paytida esa qahvani o‘ziga to‘q oilalar, boy, elita qatlam va harbiylar sotib olish imkoniga ega bo‘lgan. Oddiy qatlam choy ichishni afzal bilgan.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Yevropaning yirik davlatlari bo‘lgan Germaniya va Fransiyada odamlar Rossiyadan 30 barobar ko‘proq qahva ichadi. Hatto choyni ommaviy yaxshi ko‘rib, an’anaviy iste’mol qiladigan Buyuk Britaniya aholisi ham rossiyaliklardan 8 barobar ko‘proq qahva icharkan.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

     

    Ma’lumot: Butun dunyoda qahvaga turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Noodatiylaridan — Efiopiyada tuz, Marokashda esa murch.

    Statistika qahva iste’moli borgan sari ommalashib, an’anaviy choy o‘rnini ham egallayotganini ko‘rsatadi. Buyuk Britaniyaning “Expert market” kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, eng qimmat va eng arzon bir finjon qahva quyidagi mamlakatlarda sotiladi:

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Qahva nisbatan arzon bo‘lgan mamlakatlar

    • Bolgariya —  1,31 dollar
    • Misr — 1,37 dollar
    • Portugaliya — 1,42 dollar
    • Kolumbiya — 1,42 dollar
    • Marokash— 1,46 dollar

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Qahva nisbatan qimmat bo‘lgan davlatlar

    • Daniya — 5,33 dollar
    • Islandiya — 5,16 dollar
    • Qatar — 4,97 dollar
    • Norvegiya — 4,94 dollar
    • Shveysariya — 4,81 dollar

    Bu bo‘yicha O‘zbekistondagi narxlar holati qanday? Aholining qancha qismi uni erta tongdan, kun o‘rtasida yoki ko‘ngli tusagan vaqtda sotib olish imkoniga ega? Shu va boshqa savollarga mutaxassis Sanjarbek Ashirmuhammedov quyidagicha javob berdi.

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Qahva madaniyati O‘zbekistonda shakllanganmi?

    “Avvallari bizning odamlar qahva deganda faqat “uchtasi birda” qadoqlangan kukunlarni tayyorlab ichishnigina tasavvur qilgan. Hozir esa qahva madaniyati ancha shakllana boshladi.

    Endi odamlar nafaqat ikki qoshiq shakar, kofe va quritilgan sutga suv qo‘shib tayyorlashni, balki qahvani maxsus tayyorlaydigan joylarda yanchilmagan turini sotib ola boshladi. Ma’lum qismi esa endi tanlab, saralab ichadi.

    Qayerda to‘g‘ri va sifatli tayyorlaydi-yu, qayerda qahvani kuydirib, taxirlashtirib yuborganini ajratadiganlar ham paydo bo‘ldi. Mijozlar uni shunchalik diqqat bilan tushunishga harakat qilyaptiki, buyurtma berishdan oldin qanday kofedan va sutdan foydalanasizlar degan savollarni ham bera boshladi.

    Talabgorlar, tushunadiganlar ko‘payib boryaptimi, demak, O‘zbekistonda qahva vaqtinchalik ichimlik emas. O‘rnini boshqa ichimliklar egallay olmaydi ham. Uning ommalashuvi kun sayin ortib boradi, ammo kamaymaydi”, — deydi Ashirmuhammedov.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘zbekistondagi aholi bir marta qahva sotib olish uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyor?

    Sanjar Ashirmuhammedovga ko‘ra, kofe sotib oluvchilarning barchasi ham uning ishqibozi bo‘lavermaydi. 10 ming so‘mlik qahvani olib, maza qilib ichadiganlar bo‘ladi. Ular odatda qahvaga shunchaki ichimlik sifatida qaraydiganlar.

    “Chunki sifatli qahva, tabiiyki, arzon turmaydi. Uning ta’siri esa sifatlilaridan bir necha barobarga kamroq bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin.

    Ammo buni tushuna oladigan va farqiga boradigan mijozlargina anglab yetadi. Umumiy olganda esa aholi sifatli qahvani o‘rtacha 20 ming so‘mga olishga tayyor, fikrimcha. Har holda odatiy tashrif buyuruvchilar narxlarga e’tiroz bildirmagan. Chunki undan past narx sifatli mahsulotlarining narxini qoplamaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

     

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Amerikano yoki espressodan ko‘ra kapuchinoga talab ko‘p

    Mutaxassis mijozlarning tanlovi ko‘p hollarda bir xil bo‘lishini aytdi:

    “Yuqorida aytib o‘tganimdek, kofe madaniyati bizda sekin-sekin rivojlanib boryapti. Lekin hali yetarli darajaga yetmagan. Masalan, qahva haqida nisbatan yetarli ma’lumotga ega insonlar, uni ko‘proq tetiklashtirish maqsadida ichadi.

    Tetiklashtirish xususiyatiga esa insonda erta tongdan ko‘proq ehtiyoj seziladi. Bir qahva ichib, miyamni ham uyg‘otib olay, deydiganlar bu maqsadi uchun aslida espresso yoki amerikano ichsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq o‘sha vaqtda keluvchilar shu maqsadni ko‘zlaydi-yu, kapuchino buyuradi”.

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

     

    Ma’lumot: Yaponiya kofe iste’moli bo‘yicha 3-o‘rinda turadi. 1-oktabr — Yaponiyada Qahva kuni sifatida nishonlanadi.

    “Bu-ku mayli, ba’zilar borki, kelib qanday qahva buyurishni ham bilmaydi. Yoki eng ko‘p eshitganini buyuradi. Bunday holatda barista topqir bo‘lishi, o‘zi taklif berishi va qahvani imkon qadar mukammal tayyorlashi zarur bo‘ladi. Shu yo‘l bilan mijozni qahva olamiga olib kirib, yodida qoldirishi kerak.

    Chunki mijoz ilk marta tatib ko‘rishi bilan barcha shu turdagi qahvalarga umumiy baho beradi va agar yoqsa, mazali tayyorlovchi sifatida aynan sizning odatiy mijozingizga aylanib qoladi. Yoki aksincha, qahvani umuman yoqtirmay, falon joyda ichgandim, yaxshi emas ekan, degan fikri bilan o‘zi kabilarni ham uzoqlashtirishi mumkin.

    Kapuchinoga qaytsak, buni ko‘proq ta’siri emas, ta’migagina qiziqadiganlar tanlagani ma’qul. Sababi unda kofein moddasi miqdori juda oz bo‘ladi”, — deydi Sanny Coffee asoschisi.

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Foto: “Daryo” / Sanjarbek Ashirmuhammedov

    Eng ko‘p tashrif buyuruvchilar

    Tashrif buyuruvchilar nafaqat mahsulotning sifatiga, balki joyning qayerda ekanligiga qarab ham ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sanjarbek shunday deydi:

    “Tadbirkor tanlayotgan joyi – biznesning kelajakdagi rivoji uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. Aynan kofeshoplarni oladigan bo‘lsak, 2 metr ham katta ahamiyatga ega. Masalan, bizdan oldin yo‘l yuzida kofe sotadigan joy bo‘lsa, o‘tib ketayotgan odam birinchi ko‘zi tushgan o‘sha joydan kirib oladi.

    Bizga esa ta’mi yodida qolgan, bizni bilgan mijozlar keladi. Ular sizning “vafodor” mijozingiz bo‘lishi mumkin. Ammo bu ko‘chalarga birinchi marta ishi tushib kelganlar bir martadan sotib olsa ham kunlik reja bajarilishi tezroq bo‘ladi”.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Aytganimdek, bizga asosan odatiy mijozlar tashrif buyuradi. Ularni yosh kategoriyasiga ajratish biroz noto‘g‘ri. Chunki 50–60 yoshdagi buvi-buvalar va ota-onasi  bilan keladigan 12–14 yoshli bolalar ham bor. Agar bu joy biror ta’lim muassasasi oldida bo‘lganida edi bemalol asosiy mijozlarni o‘quvchi va talabalar, deb ayta olardim”, — qo‘shimcha qiladi Sanjarbek.

     

    Qiziq ma’lumot: Har kuni dunyo bo‘ylab, taxminan, 2,25 milliard, yiliga 0,82 trillion finjon kofe iste’mol qilinadi. Qahva biznesi esa dunyo bo‘ylab yuz minglab aholini ish bilan ta’minlaydi.

    Qulash xavfi va muvaffaqiyat

    Koronavirus infeksiyasi va uning oqibatida qo‘llanilgan karantin choralarining jiddiy zararlari tadbirkorning biznesini ham chetlab o‘tmagan. Natijada Sanjarbek o‘z faoliyatini “muzlatib”, noldan boshlaganini aytdi:

    “Bu bizni uchinchi marta ochgan joyimiz. Ilk filial Qorasuv dahasida ochilgan. U payt biz tanlagan joyda qahva sotadigan kafe bo‘lmagan. Go‘zal interyer, italyan qahvasining nozik isi va atmosfera uchun keladigan mijozlarimiz ko‘p edi. Aslida yaxshi yurib ketishi kerak bo‘lgan biznes karantin sabab minusga kirib ketgan.

    Bizga hech qanday imtiyoz, ijara narxida chegirma ham bo‘lmagan. Ishlash vaqti kechki 20:00 gacha, unda ham mijozlar kam. Va biz, afsuski, 100 million so‘m minusga kirdik. Shundan keyin u 40 kvadratlik joyni yopib, 4 kvadrat joyda ochildik. U yerda dastlabki 100 dollar foyda topilgach, bizga hozirgi joyni taklif qilishdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Kelganimizda faqat o‘tiradigan jihozlargina bor edi. O‘zimiz noldan boshlab, chiroyli atmosfera yaratdik. Sifatli jihoz va mahsulotlar, qolaversa, qahvani mohirona tayyorlash uslubimiz bilan doimiy mijozlarimizga ega bo‘ldik.

    Eng quvontiradigani esa ilk ochgan filialimizdagi mijozlardan bizni shu yerda qayta ochilganimizni bilgach, topib keladiganlari ham bo‘ldi. Bu esa tadbirkor har qanday holatga tayyor turishi kerakligining yana bir isbotidir”, — deydi tadbirkor.

    Har bir tadbirkorlik ehtiyoj va talabga yarasha rivojlanib boraveradi. Albatta, qahva ham o‘zbeklarning hayotiga bugun kirib qolgan ichimlik emas. Ekspert uni aholi faqat “uchtasi birda” turinigina tanigan, degan davrda ham uning ishqibozlari bo‘lgan. Shunchaki raqamlarda qahva o‘zbek uchun sevimli choy bilan tenglashayotgani, unga odatdagidan ko‘p talab va qiziqish bo‘layotgani soyasida xuddi yangi kashfiyotdek xulosa uyg‘otgandir?!

    19.03.2022, 07:38   Izoh (0)   21031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    PayPal Ukrainada to‘liq ishlashni boshladi. Nima uchun kompaniya O‘zbekistonda ishlamayapti va bu qachon o‘zgarishi mumkin?

    18.03.2022, 20:22

    O‘zbekistonda Kia avtomobillari narxi oshdi 

    17.03.2022, 16:12

    O‘zbekistonda LADA avtomobillari narxi oy boshidan beri ikkinchi marta oshdi

    16.03.2022, 16:40

    Sanksiyalar ostida qolgan rossiyaliklar O‘zbekistondan ko‘chmas mulk sotib ola boshladi

    07.03.2022, 15:05

    O‘zbekistonda 1-martdan boshlab LADA avtomobillari narxi 3 foizdan 10 foizga oshdi 

    04.03.2022, 22:25

    Rossiyada avtomobil zavodlari faoliyati to‘xtatilmoqda. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

    04.03.2022, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.