Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa kosmik agentligi (YKA) Rossiyaning “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bilan Marsni tadqiq qilish bo‘yicha “EkzoMars” rus-yevropa qo‘shma loyihasidagi hamkorlikni to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Tegishli bayonot tashkilot saytida e’lon qilingan.

Foto: NASA

Foto: NASA
16—17-mart kunlari Parijda yig‘ilgan YKA boshqaruv kengashi Ukrainadagi urush tufayli “EkzoMars” bilan bog‘liq vaziyatni baholadi va bir ovozdan 2022-yilda ishga tushiriladigan “EkzoMars” roverining missiyasi bo‘yicha “Roskosmos” bilan mavjud hamkorlikni davom ettirib bo‘lmaydi, degan qarorga keldi, — deyiladi bayonotda.
Loyiha 2022-yilning avgust—sentabr oylarida Marsga Baykonur kosmodromidan “Proton-M” raketa tashuvchisi yordamida sayyoralararo apparatni jo‘natishni nazarda tutgan edi. Rover sayyorada o‘tmishda yoki hozir hayot mavjudligiga dalil to‘plashi kerak edi.

“Roskosmos” matbuot xizmati rahbari Dmitriy Strugovets Yevropa kosmik agentligining qarorini izohlar ekan, u “YKAdagi hamkasblari Rossiyaga qarshi shaxsiy pozitsiyasini koinotni o‘rganishning universal maqsadlaridan ustun qo‘yganidan afsusda” ekanini bildirdi.

O‘z navbatida, “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin Rossiyaning o‘zi Marsga missiya jo‘natishini aytdi. “To‘g‘ri, bir necha yil yo‘qotamiz, lekin qo‘nish modulimizni takrorlaymiz, uni ‘Angara’ raketa tashuvchisi bilan ta’minlaymiz va ‘Vostochniy’ kosmodromining yangi uchirish majmuasida ushbu tadqiqot ekspeditsiyasini o‘zimiz o‘tkazamiz”, — dedi u.

YKA rahbari Yozef Ashbaxerning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilda start oynasi yo‘qolgani sababli, Fransiya yoki AQShdagi hamkorlar bilan “EkzoMars” missiyasini Mars yuzasiga uchirish 2026-yilgacha amalga oshmaydi.

15-mart kuni Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE) vakillari bir ovozdan Rossiyani Yevropa Kengashidan chiqarishga chaqirgandi. 16-mart kuni Rossiya Yevropa Kengashidan chiqarib yuborildi. U mazkur tashkilotga 26 yildan buyon a’zo edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)