Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida qimmatbaho tabiiy toshni 220 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda H.X., M.S. ismli shaxslar va boshqalar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 million so‘m bo‘lgan) tabiiy toshni 220 ming dollarga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, ulardan jami 4 ta tabiiy tosh hamda simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, toshlarning sof og‘irligi 333,8 grammni tashkil etib, tarkibi rubin, kvars, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Navoiyda radioaktiv moddani 50 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda