• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    “Adolatsizlik sabab kutubxonachilikdan ketib, Turkiyaga kelganman” — Istanbuldagi o‘zbek muhojirlari ko‘makchisi, tadbirkor Beknazar Rahmatov

    Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida tug‘ilib o‘sgan Beknazar Rahmatovni Istanbuldagi o‘zbeklar yaxshi taniydi. U ijtimoiy tarmoqlardagi muhojirlarga oid turli chiqishlari va maslahatlari orqali ko‘pchilikka tanish. “Daryo” muxbiri Istanbulga qilgan safari chog‘ida uzoq yillar kutubxonada ishlab, ayrim sabablar tufayli Turkiyaga ketishga qaror qilgan Beknazar Rahmatov bilan suhbatlashdi.

    Ketish kerak: Rossiya yoki Turkiya

    Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejini tamomlagan Beknazar Rahmatov ikki yil ketma-ket universitetga o‘qishga hujjat topshiradi. Biroq talabalik baxti nasib etmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, u Do‘stlik tumanidagi axborot-resurs markaziga ishga kiradi va o‘n yil davomida jamoaga rahbarlik qiladi. Ammo 2019-yil iyun oyida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarordan keyin Beknazarning hayotida kutilmagan burilish yuz beradi.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    “Qaror ortidan axborot-resurs markazlari tugatilib, ular axborot-kutubxona markaziga aylantirilgach, bir necha xodim ishdan bo‘shatildik. O‘rnimizga yangilar olindi. Ammo bu davlat rahbari imzolagan qarorga zid edi. Tuman hokimi bilan o‘rtamizda biroz anglashilmovchilik yuzaga keldi, ishga qaytishga harakat qildim. Lekin natija bo‘lmagach, 2019-yilning sentabrida kutubxonachilikdan ketdim.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    O‘shanda nima qilib bo‘lsa ham xorijda ishlash, Moskva yoki Turkiyaga yo‘l olish fikri tug‘ildi. Istanbuldagi tanishim “Seni aeroportda o‘zim kutib olaman, ish ham topishga yordam beraman”, — deya menda ishonch uyg‘otdi. Shundan keyin Turkiyaga kelishga qaror qildim. Bu davlatning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari, narx-navolari haqida, umuman, hech narsadan xabarim yo‘q edi, tavakkal qildim”, — deydi u.

    “Telegram kanalim sabab ish topdim...”

    Beknazarni Istanbulda kutib olgan tanishi unga yuk tashuvchi sifatida ish boshlashini aytadi. U rozi bo‘ladi. Ammo bir necha kundan so‘ng kutilmaganda boshqa bir joydan ishlash taklifi tushadi.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    “Ish boshlashdan oldin bir necha kun shahar aylandim. Kutubxonada faoliyat yuritgan davrimda Telegram kanal ochgandim. Kanalimga axborot-resurs markazidagi ishimdan bo‘shatilganim, Turkiyaga kelganim haqida post yozib, rasmlar joyladim. Istanbulda ishlaydigan Bahodir aka ismli tumandoshim kanalimni kuzatib borarkan. U odam kanal botiga yozib, muhojirlarga hujjat masalasida xizmat ko‘rsatuvchi shirkatga ishga taklif etdi. Hech ikkilanmay rozilik bildirdim va bir kun ham yuk tashuvchi bo‘lib ishlamadim.

    Hafta o‘tib, Bahodir aka aytgan shirkatda ish boshladim. Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga ijara shartnomasi, ishlash va yashash uchun viza hujjatlarini to‘g‘rilash hamda boshqa qator masalalarda xizmat ko‘rsatardik. Ijara va yeb-ichish xarajatlarim shirkat tomonidan qoplab berilardi, uyga 300 dollar jo‘natib turdim.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Shu vaqtda “Turkiyadagi o‘zbeklar” nomli Telegram kanal ochdim. Turkiya va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan muhojirlarga oid qanday hujjatlar qabul qilinsa, yangiliklar bo‘lsa, hammasini joylab bordim. Kanal o‘quvchilari soni ham ortaverdi. Pandemiya boshlangach, kunlik kasallanishlar, karantin chora va qoidalari, charter-reyslar haqida ham ma’lumotlar berdim. Muhojirlar bilan ishlash ko‘nikmasi paydo bo‘ldi. Shu tariqa shirkatda yetti oy faoliyat yuritdim”, — deydi vatandoshimiz.

    Tur agentlikning Istanbuldagi vakili

    Pandemiya tufayli Turkiyadagi o‘zbeklarni ham charter-reyslar orqali Vatanga qaytarish jarayoni boshlanadi. Samarqanddagi tur agentliklardan birining vakillari O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasiga charter-reyslar yo‘lga qo‘yish rejalari borligini aytib, bu haqda reklama bilan yaxshi shug‘ullana oladigan va biletlarni sotadigan ishonchli odam topishda yordam so‘raydi. Konsulxonadagilar esa Beknazar Rahmatovni tavsiya etadi. U bu haqda shunday deydi:

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    “Tur agentlik vakillari bilan onlayn suhbatlashib, hamkorlikda ishlashga rozi bo‘ldim. Ma’lum vaqt o‘tib, ular meni Samarqandga chaqirdi. Agentlik faoliyatini yaqindan bilish va puxta xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir hafta malaka oshirdim.

    Tashkilot rahbariyati Istanbulda filial ochilishi va uni men boshqarishimni aytdi. 2020-yil noyabr oyida filial tashkil etildi. O‘shandan beri shu yerdaman. Hozir filialda to‘rt kishi ishlaymiz. Hisobchi turkiyalik, mijozlar bilan ishlaydigan ikki xodim esa o‘zbekistonlik.

    Biz nafaqat O‘zbekistonga boruvchilar, balki dunyoning yuzlab davlatiga tashrif buyuruvchilar uchun ham aviachipta sotish bilan shug‘ullanamiz. Filial haqida eshitib, murojaat qiluvchi har qanday mijozga boradigan davlatidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, qanday vaksina olish, kuchuk va mushuklarni qay tartibda olib chiqib ketish hamda boshqa mavzular yuzasidan ma’lumot, tushunchalar beramiz. Balki, shuning uchun boshqa mamlakat fuqarolari va mehmonlari o‘zbekistonlik tanishlari orqali bizning xizmatimizdan tez-tez foydalansa kerak”.

    “Majburan ishlash uchun kelayotgan ayollar ko‘p”

    Suhbatdoshimiz Turkiyaga ishlash va yashash istagida ketayotgan o‘zbekistonliklar oqimi ortib borayotganini qayd etdi.

    “O‘zbek ayollari Turkiyada fohishalik ortidan tirikchilik qiladi”, — degan qarashlar bor. Bu kabi fikrlarni noto‘g‘ri, deya olmayman. Lekin xotin-qizlarning barchasi ham bu yo‘l orqali pul topmaydi.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Mamlakatda asosan 35—55 yosh oralig‘idagi o‘zbek ayollarini uchratish mumkin. Oilasi buzilgach, otasi yoki aka-ukalarining uyiga sig‘may qolgan, sobiq turmush o‘rtog‘i uy bilan ta’minlab qo‘ymaganidan keyin farzandlarini boqish maqsadida majburan kelayotgan xotin-qizlar ko‘p. 45—55 yoshdagi ayollar bola yoki keksalarni parvarishlash, uy ishlarini bajarish orqali pul topadi. 20—35 yoshlilar ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qiladi.

    O‘zbek muhojirlarining taxminan 10 foizi erkaklar bo‘lib, ular pochta jo‘natmalarida, yurtdoshlarimiz ochgan choyxona, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish orqali daromad topadi. Turklarning qo‘lida quruvchi yoki oshpaz bo‘lib ishlaydiganlar deyarli yo‘q. Chunki turklarning o‘zi bu sohalarda ancha malakali va ishining ustasi hisoblanadi.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Yana bir gapni aytishim kerakki, Istanbuldagi o‘zbeklarning ko‘pchiligida huquqiy bilim yetarli emas. Ularning  bilimini oshirish, muhojirlarga taalluqli qonun va qarorlardan boxabar qilish maqsadida to‘rtta Telegram kanal ochganman. Bundan tashqari, turli masalalarda O‘zbekistonning Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi migratsiya agentligi bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz”, — deydi u.

    “Vatanga qaytsam, yana kutubxona sohasida ishlayman”

    Vaqti kelib, O‘zbekistonga qaytishni niyat qilgan Beknazar Rahmatov tuman axborot-resurs markazida ishlagan paytlarini tez-tez eslab turadi.

    “O‘zbekistonga ilk bor 2020-yilning kuzida borganimda, ikki mamlakatni har tomonlama taqqoslash imkoni tug‘ilgan. Narx-navo masalasida o‘zgarish bo‘lganini sezmaganman, narxlar haligacha baland. Aksariyat davlat tashkilotlarida mehnatga yarasha haq to‘lanmaydi. O‘n yil oldin ham xuddi shunaqa edi.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    O‘zim misolimda aytsam, kutubxonada ishlagan kezlarim turli tadbirlarda qatnashib, har xil diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanardim. Ammo maoshim sezilarli darajada oshmadi. Qo‘limga 1 million 400 ming so‘m tegardi. Yilda bir marta mukofot puli berilardi, xolos.

    Faxriy yorliqlar, qarsaklar, mashhurlik... Ularning ham o‘ziga yarasha zavqi bor, albatta. Ammo men uchun motivatsiya baribir moddiyatga borib taqalardi. Oila, ro‘zg‘or, ust-bosh, kutilmagan xarajatlar... Maosh olgan kunim do‘konga borib, qarzimni to‘lardim. Oyligim keyingi maoshni olgunimgacha yetmasdi.

    Kutubxona maktabda joylashgan edi. Chopiq, paxta terimi, ko‘cha tozalash kabi sohamizga aloqasi yo‘q ishlarga majburan jalb etilardik.

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Foto: Beknazar Rahmatovning shaxsiy arxividan

    Hozir ham kutubxonalarda ishlaydigan tanishlarim bor, ayrimlari bilan gaplashib turaman. Ular 900 ming so‘m atrofida maosh olisharkan. Bu 100 dollar ham chiqmaydi. Shuncha oylikka ishlab yurganlar, er-xotin teng harakat qilayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘ylab ko‘ring, ular qaysi payt kitob o‘qishga vaqt topadi? Qachon dunyoqarashi kengayadi, internetni qanday faol kuzatib boradi? O‘zbekistonda aholining xarajatlari, narx-navodan kelib chiqib, ish haqi oshirilishi kerak.

    Yaqin-yaqingacha qishloqlarda kutubxonalar bo‘lardi. Ular nima sababdan yopilganiga haligacha hayron qolaman. Nima uchun faqat o‘quvchilar kitob o‘qishi kerak? Kattalar-chi? Dunyoqarashning torligi, fikrni o‘zgarmasligi kitob o‘qimaslikdan kelib chiqadi. O‘zbekistonga qaytsam, yana kutubxona sohasida faoliyat yuritish, bu boradagi rejalarimni amalga oshirish niyatim bor”, — deydi suhbatdoshimiz.

    17.03.2022, 15:42   Izoh (0)   69820
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.