Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish vazirligi mas’ullari prezident farmonlari ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, qurilish ishlarida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini joylashtirish bo‘yicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilgan. Dastur doirasida 21 ming 312 ta xonadonli 619 ta uy, 18 ta maktab, 24 ta bog‘cha, 15 ta oilaviy poliklinikalarni qurish rejalashtirilgan.

Uy-joylarning tan narxini kamaytirish maqsadida qurilish tashkilotlariga sement, metall mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda berilishi bo‘yicha imtiyozlar yaratilgan. Shu bilan birga, mazkur uy-joylarni qurilishi uchun xorijiy davlatlardan qurilish texnikalarini olib kirilishida bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgan.

Jumladan, bosh loyiha institutlari tomonidan 5,7,9,12 va 16 qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi