• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Daxlsizlik huquqidan mahrum etilib, qamoqqa olingan andijonlik deputat 5 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi

    Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining 2021-yil 17-maydagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o‘tkazilgani, sessiyada Andijonda yer sotuvchilarning kirdikorlarini fosh qilgan deputat prokuror taqdimnomasiga ko‘ra, daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani ma’lum qilingandi. “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, daxlsizlik huquqidan mahrum bo‘lgan deputat 2021-yilning noyabr oyida 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining 2021-yil 3-noyabrdagi sud hukmida yozilishicha, deputat Shuhrat Karimov 2018-yilda Andijon shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi arxitektori A.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shahar hokimining 2017-yil 15-iyuldagi qarori asosida Alliance Road Construction MCHJga ajratilgan 4 gektar yerda qurilish qilish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashga kirishgan. Va topografik chizmada boshqarma boshlig‘i imzosini qalbakilashtirib, yer maydonini 10,7 gektarga o‘zgartirgan.

    Qayd etilishicha, sudlanuvchi jinoiy harakatlarini davom ettirib, o‘zi va sherigi A.A. bilan 2018-yilning 31-oktabrida tayyorlangan qalbaki arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i to‘plamini 2020-yilning sentabr oyida qurilishga doir loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun “Yevro Integral Stroy” MCHJga taqdim qilgan.

    Sudlanuvchi jamiyatga berilgan 4 gektar yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, kottej qurilishi lozimligini bilsa-da, fuqarolar I.G., X.R., A.A., I.M., A.X., M.K., A.T., U.S., G‘.E. va O.K.larni aldab, mazkur yer maydoniga kelgusida ular tomonidan quriladigan uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlatib berishini aytgan. Ularni ishontirish maqsadida jamiyat nomidan qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi mazmundagi ishonchnomalarni berib, ma’lum yer maydonlarini sotib yuborgan. Qo‘lga kiritilgan pullarni esa jamiyat hisob-raqamiga kirim qilmay shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

    Sud hukmi bilan Shuhrat Karimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan Lacetti rusumli avtomashina hamda Andijon shahridagi ikki qavatli bino davlat daromadi hisobiga o‘tkazilishi belgilangan.

    Qo‘shimcha qilinishicha, jabrlanuvchilar Andijon viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati yozib, sudlanuvchi sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etmaganini aytib, oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan. Andijon viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishda Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining 2021-yil 3-noyabdagi hukmi o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

    Eslatib o‘tamiz, deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilingach, “Daryo” muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalistik surishtiruv o‘tkazgandi. Shuhrat Karimov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida deputat sifatida qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini xalqqa yetkazish va ijrosini nazorat qilishga harakat qilgani, shu sababli bir qator tashkilotlarga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborgani, bu esa mutasaddilarga yoqmaganini bildirgandi.

    Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov esa deputat Shuhrat Karimov o‘ziga ajratilgan to‘rt gektar yer maydoni atrofidagi qo‘shimcha olti gektarni ham noqonuniy qo‘shib olgani, o‘ziga biriktirilgan yerdan ko‘p qavatli uylar, kottejlar, maishiy xizmat binolari qurishi kerak bo‘lgan bo‘lsa-da, belgilangan ishlar amalga oshirilmagani ta’kidlagan.

    Oradan bir oy o‘tib, daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan deputat Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudining 2021-yil 23-iyundagi ajrimiga muvofiq Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi va boshqa moddalar bilan gumon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani xabar qilingandi.

    Mavzuga doir: “Bir portalchi fuqarocha obro‘miz yo‘q”. Qashqadaryolik deputat tashkilot rahbarlarining deputatlar so‘roviga javob berishi qoniqarsiz ekanini aytdi

    28.02.2022, 22:43   Izoh (0)   28653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hyatt Regency mehmonxonasini xususiylashtirish boshlandi

    28.02.2022, 22:18

    O‘zbekiston qaysi xorijiy moliyaviy institutlardan qanchaga qarzdor?

    28.02.2022, 21:55

    Namanganda subsidiya ajratish uchun tadbirkordan 118 mln so‘m olgan mahalla raisi ushlandi

    28.02.2022, 21:30

    “Magnit kosmetik” boshqaruv direktorligi uchun 31 mln so‘mlik vakansiya e’lon qildi

    28.02.2022, 21:17

    O‘zbekistonning davlat qarzi qanchaga yetganligi ma’lum qilindi

    28.02.2022, 21:05

    Toshkentdagi korxona yotoqxonasida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 kishi qamoqqa olingan

    28.02.2022, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.