Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Asaka tumanida uchuvchisiz dron apparatini qonunga xilof ravishda ishlatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.

Foto: Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti

Foto: Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza kelib tushgan. Unga ko‘ra, Asaka tumanida yashovchi X ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatidan temiryo‘l bekati hududida turli xil maqsadlarda foydalanib kelayotgani ma’lum qilingan.

Tezkor tadbir davomida ushbu qonunbuzar shaxs Asaka tumani “Namuna” mahallasida yashovchi T.X. ( 1968-yilda tug‘ilgan) ekani aniqlangan. U yashash xonadoni oldida X8SC-SYMA rusumli oq rangli uchuvchisiz uchish apparatini ko‘rsatib, uchirmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Uchuvchisiz uchish apparati hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi (uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.

2018-yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova