Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida otasining nomidagi yerni noqonuniy ravishda sotib yuborishga uringan shaxs ushlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tumanning “Qumqishloq” mahallasida yashovchi, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara postida inspektor bo‘lib ishlayotgan Q.R.ni noqonuniy ravishda yer sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olgan.

Aniqlanishicha, bu yerni uning otasi 2020-yil yil 22-dekabrda “Elektron onlayn auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkazilgan onlayn savdoda YU 139-040298-sonli bayonnoma asosida 9 oy muddat ichida 120 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan qo‘lga kiritgan.

Fuqaro Q.R. otasi M.S. nomiga rasmiylashtirilgan “Qorayantoq” mahallasi hududidagi ushbu 8 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing ancha miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lish maqsadida sotmoqchi bo‘lgan.

Q.R. “Dehqonobod” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tadbirga jalb qilingan Sodiq ismli shaxsdan yer uchun 32 million 550 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan fuqaro Q.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda hokimlik zaxirasidagi yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan korxona xodimi ushlangani, Toshkent viloyatida ijaradagi 30 sotix yerni qariyb 340 mln so‘mga sotgan shaxslar qo‘lga olingani, Qibrayda 7 gektar yerni 225 ming dollarga sotishga uringan tuman hokimligining sobiq xodimlari ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Komidagi “Qariyalar uyi”da yonib ketgan 23 kishi, moylanmagan “domkrat” sabab halokatga uchragan samolyot va kimyoviy quroldan ilk bor foydalangan Germaniya. Kun x...
Mahalliy
Toshkent viloyatida 59 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi (video) 
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI