Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJning 100 foiz davlat ulushi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: “E-auksion.uz”

Foto: “E-auksion.uz”

Lot izohida yozilishicha, tashkilot Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2020-yildagi buyrug‘i bilan auksionga qo‘yilgan. 

30 gektar maydonda joylashgan korxonada yiliga o‘rtacha 1200 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 45 962 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Auksionga qo‘yilgan korxonaning boshlang‘ich bahosi — 195,25 mlrd so‘m. Arizalar 4-mart 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Tashkilotning kreditorlik qarzdorligi 343,8 mlrd so‘m bo‘lsa, debitorlik qarzdorligi 19,7 mlrd so‘mdan iborat.

“Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ 2021-yilda 1 mlrd so‘m foyda ko‘rgan edi. 2020-yilda tashkilotning foydasi 4,25 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?