Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 18-fevral kuni Sergeli va Yangihayot tumani faollari bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda davlat rahbari Sergeli tumanidagi eski yog‘och uylarning buzilishi haqida gapirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“Yo‘ldosh” (“Sputnik”) mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanadi. Bunda ular uchun kelgusi besh yilda “Yangi Darxon” mahallasidagi 14 gektar hududda yangi ko‘p kvartirali uylar quriladi, — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev bu uydan ko‘chishni istamaganlar ko‘chirilmasligini ham ma’lum qildi.

“Agar birorta odam bu ota-bobomdan qolgan uyim, bu uy muzey men uchun, ko‘chmayman desa ko‘chirmaymiz. Lekin bu uylar avariyaviy holatda. O‘rniga yangi va sifatli uy qurilsa, to‘g‘ri tushuntirilsa odamlar o‘zi istaydi ko‘chishni. Mahalla raislari ham insonlarga buni to‘g‘ri tushuntirishi kerak”, – deydi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi