Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda 6-fevral kuni Toshkent metropolitenining poyezd vagonlari to‘xtab qolgani aks etgan videolavha tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Mustaqillik maydoni” bekatida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2-sonli yo‘nalishdagi harakat tarkibining texnik moslamalari mashinist tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shu bois ushbu poyezd harakati 2 daqiqaga kechikkan.

“Qisqa muddatli texnik ko‘rikdan so‘ng yo‘lovchilar ushbu poyezdda doimgidek harakatlanishgan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu kabi holat 5-fevral kuni ham sodir bo‘lgandi — “Xalqlar do‘stligi” va “Milliy bog‘” bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan 4-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan va poyezd harakatdan to‘xtagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi