O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Muzaffar Komilov, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov 2021-yil 7-may kuni vafot etgan edi. Shundan so‘ng 2021-yilning mayida ushbu lavozimga Shoazim Minovarov tayinlangan edi.