O‘zbekistonda 1-fevral kuni 1087 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 225 110 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining
- 41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 30 nafari Andijon viloyatida,
- 30 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 33 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 18 nafari Navoiy viloyatida,
- 11 nafari Namangan viloyatida,
- 63 nafari Samarqand viloyatida,
- 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 39 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 114 nafari Toshkent viloyatida,
- 589 nafari Toshkent shahrida
So‘nggi sutkada 301 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Buxoro viloyatida 25 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 9 nafar, Navoiy viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Samarqand viloyatida 56 nafar, Sirdaryo viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 86 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent viloyatida 21 nafar, Toshkent shahrida 34 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210 647 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatda kunlik tuzalish holatlari keskin pasaygan. Xususan, 31-yanvar kuni 179 kishida, 30-yanvar kuni 145 kishi, 29-yanvar kuni 242 kishi, 28-yanvar kuni esa 363 kishi koronavirusdan tuzalgan. Undan oldingi kunlari kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi ming kishidan oshayotgandi — 27-yanvar kuni 1399 kishi, 26-yanvar kuni 1291 kishi, 25-yanvar kuni 1232 kishi.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1571 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan bir sutka ichida yana 209 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.