So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Toshkent viloyatida tojikistonlik shaxs salkam 11 kg gashish giyohvand moddasi bilan qo‘lga tushdi (video)

    02.02.2022, 09:50 19020

    Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi gashish moddasi musodara qilindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Mastchoh tumanida yashovchi fuqaro (1976-yilda tug‘ilgan) 10 kilogramm 701 gramm gashish giyohvand moddasini kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib o‘tib, xufiyona joyga yashirgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Tojikistonlik narkosavdogarlar uning kuryerlik xizmatiga 1200 dollar berishi kerak bo‘lgan.

    DXXning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Buxoro—Amudaryo yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Lacetti To‘rtko‘l tumanidagi “Miskin” YPX maskanida to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Amudaryo tumanida yashovchi muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan fuqaro (1968-yilda tug‘ilgan) yonida 2 kilogramm 39 gramm opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Ma’lum bo‘lishicha, giyohvand modda Tojikistondan Buxoro viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan.

    DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi fuqaro (1979-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi poytaxt hududiga kirgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning salon qismida Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tilgan 11 228 dona “Regapen” va 595 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning 1988 va 1991-yillarda tug‘ilgan 2 nafar jinoiy sherigi ham ushlangan.

    Bundan tashqari, Toshkent shahri hududida kuzatilgan yana bir shunga o‘xshash holatda Andijon shahrida yashovchi fuqaro (1986-yilda tug‘ilgan) Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga (1987-yilda tug‘ilgan) 5488 dona “Regapen” va 1 188 dona “Tropikamid” dori vositalarini bergan vaqtida ularning har ikkisi ham qo‘lga olingan. Shuningdek, dorilarni qabul qilib olgan shaxsning yashash xonadonida 224 dona “Regapen” dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘izistondan mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Toshkent shahriga yuborgan Andijon shahrida yashovchi shaxs (1986-yilda tug‘ilgan) ham ushlangan.

    O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 10 kilogramm 701 gramm gashish, 2 kilogramm 39 gramm opiy giyohvand moddalari hamda 16 940 dona “Regapen” va 1 783 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilingan.

    Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Buxorodagi xonadonda Afg‘oniston fuqarosiga tegishli 54 kg giyohvand modda ko‘mib qo‘yilgani aniqlandi (video)
    • Toshkent viloyatidagi xonadondan 45 kg marixuana topildi (video)
    • Video: Afg‘onistondan 30 yil oldin Termizga olib kirilgan 13 tonnadan ortiq narkotik moddalar

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?