Jizzax viloyati Zomin shahrida 1-fevral kuni kutubxonalardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 15:15 atrofida viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga Zomin shahrida joylashgan kutubxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Yong‘in joyiga 2 ta qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan.
Bo‘linmalar yong‘in joyiga soat 15:20 da yetib borgan, 15:41 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Aniqlanishicha, foydalanishga topshirilmagan bino ichida kitoblar bo‘lmagan. Yong‘in oqibatida 25 kvadrat metr maydonda ichki chegaralovchi konstruksiyalar hamda devor qoplamalari yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.