Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yil 26-yanvar kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000-68 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 54 000-80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 3 000-8 000 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1 500-4000 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1 000-5 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 6 000-14 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 5 000-17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000-24 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 7 500-10 500 so‘m.

Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.