00:52, 26.01.2022 97384

O‘zbekiston hududlaridagi elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

Energetika vazirligi 26-yanvar soat 00:00 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq mavjud;

Andijon viloyati — Andijon shahar 30 foiz, Xonabod 100 foiz mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

Buxoro viloyati — Qorako‘l 100 foiz, Qoravulbozor 100 foiz, Buxoro shahar 10 foiz elektr energiyasi mavjud;

Jizzax viloyati — Barcha tumanlarda 70 foiz aholi iste’molchilari elektr energiyasi bilan ta’minlangan;

Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5 foiz, G‘uzor tumani 70 foiz ulangan. Muborak tumanidagi gazni qayta ishlash zavodlarida elektr energiyasi ta’minoti tiklandi;

Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100 foiz, G‘azg‘on shahrida 100 foiz, Karmana tumanida 100 foiz, Navbaxor tumanida 100 foiz, Konimex tumanida 100 foiz, Zarafshon shahrida 100 foiz, Uchquduq tumanida 100 foiz, Nurota tumanida 100 foiz, Tomdi tumani 100 foiz va Xatirchi tumanida 90 foiz elektr mavjud;

Namangan viloyati — Namangan shahar 8 foiz, Pop tumani 2 foiz elektr mavjud;

Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 95 foiz, Samarqand tumani 65 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqo‘rg‘on tumani 70 foiz, Kattaqo‘rg‘on shahri 100 foiz, Narpay tumani 95 foiz, Nurobod tumani 95 foiz, Pastdarg‘om tumani 30 foiz, Bulung‘ur tumanida 100 foiz, Jomboy tumanida 100 foiz, Toyloq tumanida 100 foiz, Qo‘shrabot tumanida 50 foiz, Ishtixon tumanida 50 foiz Urgut tumani 70 foiz elektr mavjud;

Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz, Oltinsoyda 70 foiz elektr mavjud;

Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 21 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 19 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 30 foiz elektr mavjud;

Toshkent viloyati — Angren shahar 95 foiz, Bekobod shahar 100 foiz, Narafshon shahar 40 foiz, Olmaliq shahar 100 foiz, Chirchiq 80 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40 foiz, Bo‘stonlik tumani 80 foiz, Zangiota tumani 25 foiz, Qibray tumani 95 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent tumani 80 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, O‘rta Chirchiq 20 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz, Yangiyo‘l tuman 5 foiz elektr ta’minotiga ulangan;

Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 35 foiz, Qo‘qon shahri 45 foiz, Marg‘ilon shahar 10 foiz, Kirgili shahri 10 foiz, Quvasoy shahar 5 foiz, Oltiariq tumani 5 foiz, Qo‘shtepa tumani 25 foiz, Bag‘dod tumani 10 foiz, Buvayda tumani 15 foiz, Beshariq tumani 25 foiz, Uchko‘prik tumani 5 foiz, Quvasoy tumani 5 foiz, Toshloq tumani 5 foiz, Rishton tumani 5 foiz, O‘zbekiston tumani 17 foiz, Farg‘ona tumani 15 foiz, Dang‘ara tumani 30 foiz, Yozyovon tumani 5 foiz, So‘x tumani 100 foiz, Furqat tumani 50 foiz elektr ta’minotiga ulangan;

Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq mavjud;

Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100 foiz, Yunusobod 80 foiz, Shayxontohur 50 foiz, Olmazor 50 foiz, Yakkasaroy 60 foiz, Chilonzor 60 foiz, Yashnobod 90 foiz, Mirobod 70 foiz, Sergeli 70 foiz, Yangixayot 70 foiz, Bektemir 80 foiz, Uchtepa 50 foizda elektr ta’minoti mavjud.

O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi

25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Keyinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Energetika vazirligi 25-yanvar, soat 22:30 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Boshqa yangiliklar