Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Roma” jamoasi “Empoli” mehmoni bo‘ldi. 24-daqiqada Temmi Abraham “Roma”ning dastlabki golini urdi. Keyinroq rimliklar 5 daqiqa ichida yana uchta to‘p kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi: Abraham dubl qayd etgan bo‘lsa, Serjiu Oliveyra va Nikolo Zaniolo o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Bunga “Empoli” vakillari ikkinchi bo‘imda Andrea Pinamonti va Nedim Bayramining gollari bilan javob qaytardi. Rim klubi vakili Eldor Shomurodov mazkur o‘yinda zaxirada qoldi.

Joze Mourinyo shogirdlari ochkolari sonini 38 taga yetkazdi va oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Empoli” 29 ochko bilan o‘n birinchi pog‘onadan o‘rin olgan.

A Seriya

23-tur bahslari

23-yanvar, yakshanba

“Empoli” – “Roma” 2:4

Gollar: 0:1 – 24 Abraham, 0:2 – 33 Abraham, 0:3 – 35 Serjiu Oliveyra, 0:4 – 37 Zaniolo, 1:4 – 55 Pinamonti, 2:4 – 72 Bayrami.

“Empoli”: Vikario, Fyamossi, Tonelli, Ismayli, Markissa (Viti, 42), Henderson (Kutrone, 81), Bandinelli (Benassi, 81), Bayrami, Jurkovski, Richchi, Pinamonti.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Meytlend-Naylz (Vinya, 60), Mxitaryan (Veretu, 75), Serjiu Oliveyra, Kristante, Zaniolo (Afena-Gyan, 79), Abraham.

Ogohlantirishlar: Manchini (52), Tonelli (63), Benassi (83), Kristante (85).

“Kalyari” – “Fiorentina” 1:1

Gollar: 1:0 – 47 Joao Pedro, 1:1 – 75 Sottil.

“Napoli” – “Salernitana” 4:1

Gollar: 1:0 – 17 Jezus, 1:1 – 33 Bonassoli, 2:1 – 45 Mertens (penalti), 3:1 – 47 Rrahmani, 4:1 – 53 Insinye (penalti).

“Spetsiya” – “Sampdoriya” 1:0

Gol: 1:0 – 69 Verde.

“Torino” – “Sassuolo” 1:1

Gollar: 1:0 – 16 Sanabriya, 1:1 – 88 Raspadori.