18-yanvarda yaponiyalik rejissor va aktyor Takeshi Kitano 75 yoshni qarshiladi. U kinodagi faoliyatini komik sifatida boshlagan va rejissorlik kursisida jahon miqyosida muvaffaqiyatga erishgan, klassikaga aylangan “Feyerverk”, “Zatoiychi”, “Qo‘g‘irchoqlar”, “Yakudza aka” kabi filmlarni suratga olgan. “Kommersant” dunyo kinosi tarixidagi eng muvaffaqiyatli yapon rejissorlaridan biri haqidagi fotogalereyani taqdim etdi.

Foto: Reuters

Takeshi Kitano 1947-yil 18-yanvarda Tokioda tavallud topgan. Uning ota-onasi o‘g‘il farzandga bambuk poyasi (yaponchada “take”) kabi yengilmasligi va barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishi uchun Takeshi deb ism qo‘ygan. Maktabni tamomlaganidan keyin u Meydzi universitetining muhandislik fakultetiga o‘qishga kirgan, ammo ta’limni tashlab 1960-yillarda ommalashgan jaz-barlarda ishlay boshlagan. Keyinchalik takeshi bir necha marta o‘z ishini almashtirdi: hammollikdan tortib to televideniyega ishga kirguniga qadar barda ofitsiant bo‘lib ham ishladi. Komediya dueti tarkibida Kitano bir nechta ko‘rsatuvda boshlovchilik qilgan, so‘ngra 1986–1989-yillarda TVda o‘z shaxsiy shousiga ega bo‘ldi.

Foto: Shochiku-Fuji Company

Takeshi Kitano rejissorlik karyerasini 40 yoshdan keyin boshlagan. Bu vaqtda u bir nechta to‘liq metrajli filmlarda bosh rollarni ijro etishga ulgurgandi. Mamlakatdan tashqarida yaponiyalik rejissor haqida 1997-yilda u Venetsiya festivalida “Feyerverk” filmi bilan qatnashib sovrin olganidan keyin gapira boshlashdi.

Foto: Reuters

1990-yillar o‘rtalarida Takeshi Kitano avtohalokatga uchradi va uzoq vaqt davomida sog‘lig‘ini tiklash bilan band bo‘ldi. Ushbu vaqt davomida u tasviriy san’at bilan shug‘illandi va Kitano chizgan suratlar kitoblarga ilyustratsiya, saundtreklarga muqova sifatida ham ishlatildi. Rejissorning so‘zlariga ko‘ra Kitanoning rassomlikdagi badiiy uslubi uning rejissorlik ishlarida ham o‘z aksini topgan. Bu ayniqsa “Kikudziro” filmida yorqin namoyon bo‘lgan. 1999-yilda o‘tgan Kann festivalida tomoshabinlar va kinoarboblar ushbu filmni o‘n daqiqa davomida tik turgan holda olqishlab asarni juda yuqori baholagan.

Foto: Sony Pictures Classics

Men umuman tasniflanmaydigan kino suratga olishni istayman. Tomoshabinlar zaldan film haqida nima deyishni va nima o‘ylashni bilmay chiqib ketishlarini xohlayman.

Takeshi Kitano

Foto: AP Photo

Men tasvirga olgan filmda kimdir kaltaklansa, tomoshabin ushbu og‘riqni o‘zida his etishi shart.

Takeshi Kitano

33 yillik rejissorlik faoliyati davomida Takeshi Kitano 19 ta filmni suratga olgan. Uning kartinalarida bosh mavzu g‘ayrixtiyoriy zo‘ravonlik, filmlar qahramonlari ko‘pincha yakudza jinoiy guruhiga aloqador qilib tasvirlanadi. Rejissorning filmlaridagi odamlar muammolarni “boshga o‘q uzib” hal etadi, buning oqibatida ularning yaqinlari xavotir iskanjasida yashashga mahkum. Tanqidchilar ushbu uslubni “Kitano altriuzmi” deb atagan. Altriuzm – boshqalarning manfaati uchun o‘zliginida unutib harakat qilish.

Foto: Shutterstock

G‘arbda Kitano filmlari tanqidchilar tomonidan yuqori baholanishi an’anaga aylangan. 2003-yilda “Zatoichi” filmi Venetsiya kinofestivalida to‘rtta: jumladan rejissorlik ishi uchun maxsus mukofot hamda tomoshabinlarga manzur bo‘lgan kartina uchun sovrinni yutib olgan.

Foto: Shochiku

Meni boshqa rejissorlar va filmlar ta’sirlantira olmaydi. Faqat o‘z xatolarimdan xulosa chiqaraman.

Takeshi Kitano

Takeshi Kitano adabiyotchi sifatida ham e’tirof qilingan ijodkorlardan biri. U o‘nlab kitoblar muallifi, she’rlar to‘plamlari, kinotaqrizlar va avtobiografik asarlar shular jumlasidan. U yozga romanlardagi sujet liniyalari boshqa yapon rejissorlarining filmlariga poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

Foto: Shochiku-Fuji Company

Bir necha oy avval Moskvada bo‘ldim. U yerda ochiqchasiga hashamdorlik guvohiga aylandim, katta yuk mashinasi uzunligidagi limuzin, oynalari qoraytirilgan Mercedes. SSSR davri bilan solishtirilsa juda katta farq seziladi! Bu taassurotlar men uchun yanada yorqinroq bo‘ldi, sababi sayohat vaqtida Soljenitsinni o‘qigandim.

Takeshi Kitano

2008-yilda yaponiyalik rejissor Moskva kinofestivalida mehmon sifatida qatnashdi va bu yerda unga “Dunyo kinomototgrafiyasi qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofot topshirildi.

Takeshi Kitano va rossiyalik taniqli rejissor Nikita Mixalkov 2008-yilda o‘tkazilgan Moskva festivalida

Foto: “Kommersant”

Takeshi Kitano matematika fani bo‘yicha bakalavr ilmiy darajasiga ega. 2007-yilda u bir vaqtlar o‘zi haydalib ketgan Meydzi universitetini tamomlagan va mazkur ilmiy unvonga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Kitano Tokio milliy universitetida tasviriy san’at va musiqa bo‘yicha talabalarga dars beradi.

Foto: Shutterstock

Biz – yaponlar uchun baxtiyor bo‘lish — har qanday yoshda ham insonning o‘ziga yoqadigan mashg‘ulot bilan shug‘illanishni anglatadi.

Takeshi Kitano

Foto: AP Photo

Barcha filmlarimni o‘zim montaj qilaman. Suratga olish vaqtida qanday sahnalarni olib tashlash yuzasidan qaror qabul qilaman, sababi ular men uchun kerakmasdek tuyuladi. Biroq keyinchalik montaj vaqtida aynan o‘sha sahnalar menga kerakligini tushunaman. Keyin nima qilaman? Boshqa sahnalardan bo‘laklarni olib, zaxira sifatida ulardan foydalanaman. Men shunday tartibda ishlayman: “Rul qilishni unutib qo‘ydikmi! Keling unda rul o‘rniga zaxira g‘ildiragini o‘rnatib qo‘yamiz”.

Takeshi Kitano

Foto: “Kommersant”

Rejissor o‘zi olgan filmlarda tez-tez rol ijro etadi. Xususan, 2010-yilda “Zo‘ravonlik” filmida bosh qahramonni o‘ynagan. Aktyorlik karyerasida Kitano Bit Takeshi taxallusi bilan ijod qiladi.

Foto: Bandai Visual Co. Ltd.

2016-yilda zamonaviy san’atga qo‘shgan hissasi uchun rejissorga Faxriy legion ordeni berildi. Bundan avval u Fransiya san’ati va adabiyoti ordenining komandorligaga tayinlangan.

Foto: AP Photo

O‘z g‘oyalaringni amalda tatbiq qilishni boshqa birovga ishonib topshirma!

Takeshi Kitano

2017-yilda rejissorning ayni vaqtgacha oxirgi filmi bo‘lib turgan “Oxirgi g‘azab” kriminal dramasi filmi katta ekranlarga chiqdi.

Foto: AP Photo

2020-yil oxirida Kitano Netflix servisi bilan shartnoma tuzdi, kompaniya Takeshi haqida biografik film tasvirga olishni rejalashtirgan. Rejissorning o‘zi “Bo‘yin” deb nomlangan tarixiy film ustida ishlamoqda. Xabarlarga ko‘ra loyiha Kitanoning oxirgi rejissorlik ishi bo‘ladi.

Foto: AFP