• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)

    Odatda san’at sohasiga qadam qo‘yayotgan insonlarning ko‘pchiligi tezroq tanilish va jo‘shqin ijod qilish istagida Toshkent shahrida qolishga intiladi. Ammo o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan viloyatda yashab, ijod namunalari orqali butun mamlakatga tanilgan soha vakillari ham yo‘q emas. “Daryo” ana shunday taniqli san’atkorlarni bir sahifaga jamladi.

    Shafoat Rahmatullayeva

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 21 yildirki, Qo‘qon musiqali drama teatrida faoliyat yuritadi. Aktrisa “Masxaraboz”, “Sevginator”, “O‘zimdan o‘zimgacha” kabi ko‘plab kino va seriallardagi rollari bilan shuhrat qozongan.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    “Ko‘p yil Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida ishladim. 2000-yili rahmatli onam kasal bo‘lib qolgani bois Qo‘qonga qaytdim va ularni yonida turib, parvarishladim. Volidam vafot etganidan keyin Qo‘qon teatriga ishga kirdim. 21 yildan beri shu dargohdaman.

    Dovon oshib, poytaxtga borib-kelishdan zavqlanaman. Toshkentda kechgan syomka jarayonlarini juda tez sog‘inaman va qo‘msayman. Rejissorlar  shunchalik hurmat qilib chaqirishsa, qanday yo‘q deyishim mumkin?”, — deydi Shafoat Rahmatullayeva.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    80 yoshli aktrisa teatrda ishlash bilan birga, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ham faoliyat yuritadi.

    Ubaydulla Omon

    O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon talabalik baxtiga erishguncha, ya’ni 1958—1966-yillarda Buxoro viloyat musiqali drama teatrining eski binosida ijod qilgan. Hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini bitirgach, o‘sha paytdagi “Yosh gvardiya” teatrida rejissor sifatida faoliyat boshlaydi. Yosh oilaga Toshkentdan ikki xonali uy beriladi, ikki qizi ham poytaxtda dunyoga keladi.

    Foto: Instagram

    “Ammo bir kuni noxush xabar keldi: ‘Qaynotang olamdan o‘tdilar’. Buxoroga kelib, dafn marosimida qatnashdik. Qaynotamni so‘nggi manzilga kuzatgach, otam meni yonlariga chaqirib, ‘kelinning yetti nafar ukasi qoldi. Ularning hammasi maktab o‘quvchisi. Onasi nogiron. Endi sen bu oilaga bosh-qosh bo‘lishing kerak. Buxoroga qaytinglar. O‘g‘lim, bu Yaratganning sinovi, bundan obro‘-izzat bilan chiqishing kerak’, dedi.

    Shunday qilib, biz Toshkentdan Buxoroga qaytdik va avval ishlagan teatrimga ishga bordim, rafiqam esa shu yaqin atrofdagi tug‘ruqxonaga ishga joylashdi. Shu tariqa Buxoroda qolib ketdim”, — deydi ustoz san’atkor.

    Ubaydulla Omon rafiqasi Nilufar Sherova bilan

    Ubaydulla Omon rafiqasi Nilufar Sherova bilan
    Foto: “Daryo”

    Ubaydulla Omon ayni paytda Buxoro viloyat musiqali drama teatri rejissori sifatida ishlaydi. Klip, kino va seriallardagi rollari bilan tomoshabinlarning sevimli aktyoriga aylangan san’atkor turli ijodiy loyihalar sabab tez-tez Toshkentga kelib ketadi.

    Muhammadsoli Yusupov

    O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga “Temir xotin” spektaklidagi Qo‘chqor roli mashhurlik olib kelgan. 67 yoshli aktyor uzoq yil Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida ishlab, yuzlab spektakllarda rollar ijro etgan, bosh rejissor sifatida ham mehnat qilgan. 2018-yili teatrdan ketgan aktyor Farg‘ona shahridagi ixtisoslashgan san’at maktabida yoshlarga saboq berib kelmoqda.

    Foto: UzA

    “Ijodiy faoliyatim davomida bir necha bor Toshkentda ijod qilish taklifi tushgan, rad etganman. Sababi, menga shuncha imkoniyatlar yaratgan, barcha yutuqlarimning asosiy sababchisi — Farg‘onadagi teatrni tashlab ketishga haddim sig‘maydi. Shunga qaramay, toshkentlik hamkasblarim bilan munosabatlarim juda yaxshi. ‘O‘zbekfilm’ va teatrlar bilan hamkorlikni juda yaxshi yo‘lga qo‘yganman. Gap qayerda ishlashda emas, ishni qay darajada bajarib berishda, deb bilaman”, — deydi Muhammadsoli Yusupov.

    Sanobar Rahmonova

    Oddiy cho‘pon oilasida tug‘ilib, o‘quvchilik davridayoq mashhurlikka erishgan xonanda Sanobar Rahmonovani, asosan, katta avlod vakillari yaxshi taniydi.

    Foto: Sanobar Rahmonovaning shaxsiy arxividan

    13 yoshida “Ustozlar”, “Qishloqlarimdan” singari taronalari bilan tinglovchilar qalbiga kirib borgan Sanobar Rahmonova haligacha Andijon viloyatining Asaka tumanida yashab, ijod qiladi.

    Oilasi tufayli ma’lum muddat ijodda tanaffus qilgan xonanda poytaxtda yashab, faoliyat yuritmasligiga ham sabab shaxsiy hayoti ekanligini ta’kidlaydi.

    “Oilani aziz va ulug‘ ekanligini anglab, san’atni shaxsiy hayotimga almashtirdim. Ko‘proq vaqtimni farzandlar tarbiyasi bilan o‘tkazdim. Turmush o‘rtog‘im oilada sakkiz farzandning kenjasi. Keksayib qolgan qaynonam va qaynotamning yonlarida bo‘lib, ularning duolarini olishga qaror qilganmiz. Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki, ularning duolarini olib, kam bo‘lmadim. To‘rt farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Umr yo‘ldoshim Ilhom aka Jo‘rayev va kenja o‘g‘lim Ixlosbek hamkasbim. 2006-yilda oilaviy guruh tashkil etdik.

    Sanobar Rahmonova umr yo‘ldoshi Ilhom Jo‘rayev va kenja o‘g‘li Ixlosbek Jo‘rayev bilan

    Sanobar Rahmonova umr yo‘ldoshi Ilhom Jo‘rayev va kenja o‘g‘li Ixlosbek Jo‘rayev bilan
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Talabalik davrimizda turmush o‘rtog‘im ikkimizga poytaxtda o‘qib, ijod qilish taklifi tushgan. Lekin yuqorida aytganimdek, biz qaynona-qaynotamni yolg‘iz qoldirgimiz kelmasdan, rozi bo‘lmaganmiz”, — deydi Sanobar Rahmonova.

    Otabek Muhammadzohid

    Jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan xonanda Otabek Muhammadzohid Farg‘ona shahrida yashasa-da, O‘zbekistonning barcha hududida o‘z muxlislariga ega. U ham davlat tadbirlari va to‘y xizmatlari sabab Toshkent shahri hamda boshqa viloyatlarga tez-tez borib turadi.

    Foto: Instagram

    Xonanda ayni paytda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari lavozimida ham faoliyat yuritadi.

    To‘lqin Jabborov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist To‘lqin Jabborov ham viloyatda yashab, elga tanilgan san’atkorlardan. U poytaxtda bo‘lib o‘tadigan turli davlat tadbirlarida Xorazm viloyati vakili sifatida ishtirok etib keladi.

    Foto: Instagram

    To‘lqin Jabborov vohada istiqomat qilsa-da, Xalqlar do‘stligi san’at saroyida konsert dasturlarini namoyish qiladi.

    Janob Rasul

    Foto: Instagram

    “Yomonsan”, “Captiva”, “Tamara” kabi yoshlarbop taronalari bilan tanilgan Janob Rasul Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahrida yashaydi. Toshkent shahriga tez-tez kelib turadigan xonandaning qo‘shiqlari, asosan, internet orqali ommalashgan.

    Farg‘onalik mashhurlar

    Kollaj: “Daryo”

    “Seni sog‘inmoq”, “Talabalik davrim mening”, “Askar” kabi qo‘shiqlari orqali tanilgan O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, “Men o‘zimni sevaman”, “Masxaraboz”, “Zebojon” singari qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Tohir Mahkamov, “O‘shal damlar” taronasi orqali mashhurlikka erishgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov va uning akasi Muhsinbek Mo‘minov hamda “Kechikkan sevgim”, “Go‘zalim, bir kecha” kabi hit qo‘shiqlar kuychisi Abdujalil Qo‘qonovni nafaqat vodiyda, balki O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham o‘z muxlislari bor.

    Toshpo‘lat Matkarimov

    90-yillarda “Sanamjon”, “Armon”, “Oq tulpor” kabi qo‘shiqlari bilan shuhrat qozongan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov Toshkent viloyatida yashab, tanilgan.

     

    Foto: Instagram

    U hozirda Ohangaron shahridagi “Qurama” folklor-etnografik xalq ansambli rahbari sifatida mehnat qilmoqda.

    Yoqub Ahmedov

    “O‘gay ona”, “Turist”, “Salom sevgi, xayr sevgi”, “Zaharli tomchilar”, “Baxt ovchisi” kabi o‘nlab kino va seriallar orqali aktyor sifatida tanilgan Yoqub Ahmedov Namangan shahrida yashaydi.

    Foto: Instagram

    Taniqli futbolchi Odil Ahmedovning akasi hisoblangan Yoqub Ahmedov, asosan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati hamdir.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • Poliglot mashhurlar: O‘zbek shou-biznesining bir nechta tilda erkin gaplasha oladigan vakillari (foto)
    • Deputat maqomiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    10.01.2022, 14:40   Izoh (0)   78928
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Ravshan Namozov og‘ir ahvolda gematologiya shifoxonasida davolanayotgani ma’lum qilindi

    07.01.2022, 21:56

    “Odamlar aytishga odatlanib qolgan ‘o‘yinchi’ emasman”. Balet raqqosi Ulug‘bek Olimov bilan suhbat

    02.01.2022, 20:28

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar tarixi

    02.01.2022, 14:32

    Buyuk Miyazaki multfilmlari yordamida hal qilish mumkin bo‘lgan bolalardagi muammolar

    02.01.2022, 11:29

    Amir Olimxon saroyida raqqosalik qilgan, 11 yoshida majburan turmushga uzatilgan aktrisa — Maryam Yoqubova haqida

    02.01.2022, 10:49

    2021-yilda vafot etgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati vakillari (foto)

    31.12.2021, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.