Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2021-yilning birinchi choragida global COVAX mexanizmi doirasida koronavirusga qarshi 11 million dozadan ortiq vaksinani beg‘araz tarzda qabul qilib olishi kerak, deb xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.

Foto: UNICEF Uzbekistan

Foto: UNICEF Uzbekistan
Qayd etilishicha, bu haqda Toshkent aeroportida Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasini topshirish marosimida BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISЕF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qilgan.

“Biz mazkur mexanizm doirasida O‘zbekistonga yetkazib berilgan vaksinalar 10 million dozadan ortiqni tashkil etganining guvohiga aylanib turganimizdan mamnunmiz”, — degan u. O‘zbekiston AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech va Sinovac vaksinalarini COVAX platformasi orqali qabul qilgan.

“YUNISЕF O‘zbekiston hukumatiga COVID-19 ga qarshi vaksinalarni yetkazib berishda ko‘maklashishda davom etadi”, — degan jamg‘arma vakili.

“YUNISЕF ta’minot va logistika jarayonini boshqaradigan COVAX mexanizmi orqali dunyoning 144 mamlakat va hududiga 1 milliard dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berildi”, — deya qo‘shimcha qilgan Munir Mamedzade.

Uning ta’kidlashicha, “vaksinalar samara beradi, kasallik og‘ir o‘tishining oldini oladi, odamlar hayotini saqlab qoladi. Ayniqsa, o‘z vaqtida emlanish va mamlakatda omikron shtammining tez tarqalishini hisobga olgan holda profilaktika chorasi sifatida sanitariya qoidalariga rioya qilish juda muhim hisoblanadi”.

Birinchi chorakda COVAX bo‘yicha — Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari yetkazib beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?