Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining yangi omikron shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘shimcha karantin choralarini joriy etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirib keladigan fuqarolar kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usuldagi koronavirus mavjudligini tekshirish testini topshirib, manfiy natija qayd etishi kerak. Mamlakatda kirishda kasallikni aniqlash uchun ekspress antigen testi ham topshiradi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston hududidan chegara avtomobil o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirishidan kamida 48 soat oldin PZR testining manfiy natijasini taqdim etishi shart. Boshqa chegaradosh davlat fuqarolari ekspress-antigen testidan o‘tishi kerak.

Shuningdek, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonning So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara, Toshtepa, Bunyodkor, Jomiy va Qardoshlik aholi punktlari hududiga kirish va chiqish, shuningdek, tranzit orqali o‘tishlarida koronavirus infeksiyasi uchun barcha turdagi testlarni topshirishlari talab qilinmaydi.

15-yanvardan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan davlat chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatiladi, quyidagi toifadagi shaxslar bundan mustasno:

  • havo yo‘llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
  • vataniga qaytgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari (keyingi o‘rinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
  • hukumatlararo kuryerlik aloqasi xodimlari;
  • xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida bo‘lgan shaxslar;
  • diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari;
  • Qozog‘iston hududida joylashgan O‘zbekiston obyektlari, shuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan Qozog‘iston obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
  • ushbu davlatlarda investitsiya loyihalari doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolari;
  • O‘zbekistonda doimiy yashovchi Qozog‘iston fuqarolari, shuningdek, Qozog‘istonda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari;
  • o‘qish maqsadida tomonlarning fuqarolari;
  • og‘ir kasal bo‘lgan yaqin qarindoshlarini ko‘rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimlarida qatnashish maqsadida tibbiy maqsadlarda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
  • vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini Qozog‘iston hududida va Qozog‘iston fuqarolarining O‘zbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshladi. 8-yanvar kuni 369 kishida, 9-yanvarda 389 kishida, 10-yanvarda 425 kishida, 11-yanvarda 604 kishida kasallik tasdiqlandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi