O‘zbekistonda 11-yanvar kuni 604 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 201 759 nafarga yetdi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 41 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 42 nafari Samarqand viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 97 nafari Toshkent viloyatida,
  • 331 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etilishicha, shu kuni 167 kishi: Andijon viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Jizzax viloyatida 36 nafar, Namangan viloyatida 2 nafar, Samarqand viloyatida 40 nafar, Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 22 nafar, Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197 475 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida ketma-ket ikki kundan buyon koronavirusdan tuzalganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilmayapti.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammi aniqlangani munosabati bilan 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi.