Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi tarafdori xorijda ushlandi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Ma’lum qilinishicha, J.X. ismli erkak (1987-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) 2016—2021-yillarda mehnat migranti sifatida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ishlagan. U yerda ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qolgan.

Oqibatda J.X. ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining jihodga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlagan.

Shuningdek, u jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi