Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 11-yanvar kuni COVID-19 ga qarshi 145 313 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 25 204 doza birinchi bosqichda, 58 041 doza ikkinchi bosqichda va 62 068 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.

Ayni kungacha mamlakatda jami 40 094 604 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 18 959 162 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 13 901 602 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 7 233 840 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘tgan bir sutka emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
  • Samarqand viloyati (28 265 doza),
  • Toshkent shahri (19 240 doza),
  • Qashqadaryo viloyati (13 497 doza),
  • Farg‘ona viloyati (13 328 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 88,4 foizni, to‘liq bosqichlarda emlanish ko‘rsatkichi esa 65 foizni tashkil qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelingani, shuningdek, yanvar oyida 310 ming doza Pfizer vaksinasi olib kelinishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi 2022-yilning 7-yanvar kuni aniqlandi. Shu sababli 15-yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi. Shuningdek, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi