O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 12-yanvar, chorshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.
Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 855 so‘mga sotib olishni, 10 910 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord bir kun oldin — 15-dekabr kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSh dollarining kursi 10 900 so‘mga chiqqan.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- “Savdogar bank”: sotib olish — 10 855 so‘m, sotish — 10 910 so‘m;
- “Aloqa bank”: sotib olish — 10 855 so‘m, sotish — 10 910 so‘m;
- “Mikrokredit bank”: sotib olish — 10 860 so‘m, sotish — 10 910 so‘m;
- “Kapitalbank”: sotib olish — 10 890 so‘m, sotish — 10 910 so‘m;
- Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 880 so‘m, sotish — 10 910 so‘m.
Izoh (0)