Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kipr qirg‘oqlarida magnitudasi 6,6 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga (USGS) tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yerosti silkinishlari Toshkent vaqti bilan soat 06:07 da qayd etilgan bo‘lib, uning o‘chog‘i 19,6 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila epimarkazi Limasol shahridan 115 kilometr shimoli-g‘arbda.

Yevropa—O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,5 ballni tashkil etgan, o‘chog‘i esa 51 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Halok bo‘lganlar va vayronalar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Avvalroq Zilzila oqibatida Buyuk Xitoy devorining bir qismi qulab tushgani, Yaponiyada zilziladan keyin Ikkinchi jahon urushi davridagi kemalar suv yuzasiga qalqib chiqqani, Pokistonda yuz bergan zilzila oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazm viloyati sudlari 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi besh sutkaga qamalgani bo‘yicha ma’lumot berdi
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi