• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qulay, tez va ishonchli jamoat transport vositasi — metro tarixi

    Bugun dunyoning ko‘pgina yirik shaharlarida aholi eng ko‘p foydalanadigan jamoat transporti — metrodir. Kuniga ming, millionlab yo‘lovchi tashiydigan ushbu vosita qachon va qayerda paydo bo‘lgandi? Metroning yaratilishi va ommabopligiga soatlab davom etadigan tirbandliklar yoki svetoforning qizil chirog‘igina sabab bo‘lganmi? Shu kungacha qanday bosqichlardan o‘tib, ilk ko‘rinishidan qay darajada uzoqlashdi? “Daryo” insoniyatning eng yaxshi ixtirolaridan biri haqida hikoya qiladi.

    Ilk metro qayerda paydo bo‘lgandi?

    London metropolitenidagi bir yo‘nalishning ochilishi. 1863-yil.

    London metropolitenidagi bir yo‘nalishning ochilishi. 1863-yil.
    Foto: “vintageposters.ru”

    Tarixdagi ilk metro yo‘li 1863-yil 10-yanvarda Buyuk Britaniya poytaxti Londonda ochiladi. 3,6 kilometr uzunlikdagi ushbu metro liniyasi shaharning Farrington ko‘chasi va Paddington temiryo‘l vokzalini bog‘lagan. Tobora aholisi ko‘payayotgan shaharda ot-aravalarning nihoyatda ko‘payib ketgani, tez-tez tirbandliklar yuzaga kelgani metro qurishga turtki beradi.

    Ingliz siyosatchisi va London shahri advokati Charlz Pirson parlamentga yangi yerosti yo‘li haqidagi rejani kiritadi va parlament 1855-yili ushbu loyihani tasdiqlaydi. Ammo mablag‘ yetishmovchiligi sabab metro qurilishi kechiktiriladi.

    Metro loyihasi parlament arxivida chang bosib, qolib ketishi va yerosti temiryo‘l tizimi umuman paydo bo‘lmasligi mumkin edi. Biroq Charlz Pirson hammasiga astoydil bel bog‘laydi. U keyingi bir necha yil davomida parlamentda loyihaga mablag‘ ajratish uchun kurashadi. Natijada xususiy “Metropolitan Railway” kompaniyasi tuziladi va bug‘ bilan harakatlanuvchi yangi yerosti temiryo‘l tarmog‘i qurilish ishlari boshlanadi. Lekin taqdirni qarangki, Charlz Pirson o‘zi jon koyitgan loyiha ishga tushishidan bir yil oldin vafot etadi.

    Metroning ochilish marosimda juda ko‘p rasmiylar, jumladan, shahzoda Albert Eduard (bo‘lajak qirol Eduard VII) qatnashadi. Hali yangi transport xavfsizligiga ishonch kamligi bois qirolicha Viktoriya marosimga taklif etilmaydi. “Texnologiya mo‘jizasi”ni ko‘rish uchun deyarli butun shahar yig‘iladi.

    Metro vagonlari uch klassga bo‘lingan bo‘lib, birinchisida yo‘lovchilar oyna bilan himoyalangan vagonlarda, oxirgi klassdagilar ochiq vagonda, tutun va oltingugurt isidan qiynalib, noqulay joyda o‘tiradi. Keyinroq bu muammoni hal qilish uchun metroda elektr liniyalari quriladi va poyezdlar elektrga o‘tkaziladi.

    London metrosining ochilishi. Uchinchi klassdagi yo‘lovchilar

    London metrosining ochilishi. Uchinchi klassdagi yo‘lovchilar
    Foto: Alamy

    Metro tezda muvaffaqiyatga erishadi: birinchi kunning o‘zidayoq 30 ming, bir yil ichida esa 9,5 million yo‘lovchi ushbu jamoat transportidan foydalanadi.

    “Quvur” metrolar

    London metrosi Ikkinchi jahon urushiga qadar xususiy aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan qurilib, boshqariladi. Metroning turli qismlari turli kompaniyalarga tegishli bo‘lib, ular qurilishda iloji boricha pulni tejashga harakat qiladi. Natijada platforma va o‘tish joylari tor, bekat hamda tunnellardagi shiftlar past qilib quriladi. Shu sabab ham London aholisi metroni Truba — “quvur” deb atay boshlaydi, keyinchalik bu nom London metrosining rasmiy nomiga ham aylanadi.

    Kirish joylaridagi navbatni yo‘q qilish uchun London metrosida 1911-yiliyoq eskalatorlar qurila boshlanadi. Metro Ikkinchi jahon urushi yillarida London aholisini Germaniya harbiy-havo kuchlari hujumidan himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Bugun Buyuk Britaniyada metro Underground (yerosti) deb nomlanadi.

    “Metro” so‘zi qayerdan paydo bo‘ldi?

    Inglizlar Underground, amerikaliklar Subway deb nomlagan yerosti yo‘li qachon “metro” nomini oladi?

    “Metro” atamasi ilk bor Parij yerosti transport tizimi qurilgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Parij metrosini qurishni o‘z zimmasiga olgan inglizlarning “Metropolitan railway” kompaniyasi nomi keyinchalik fransuzlar tomonidan u qurgan yerosti transportiga nisbatan ham ishlatiladi. “Metropolitan” so‘zining o‘zi esa yunonchadan “ona shahar” (mater — ona, polis — shahar) ma’nosini bildirib, asosan, poytaxt shaharga nisbatan qo‘llanilgan. “Metropolitan Railway” ham poytaxt London temiryo‘l kompaniyasi edi.

    Foto: “turistafaidate.it”

    Shu tariqa deyarli butun dunyodagi barcha yerosti temiryo‘llari metro deb nomlana boshlanadi. Bu nom bilan birga ba’zi davlatlarda yuqorida aytilgan Underground, Subway nomlari ham ishlatiladi.

    Birining ortidan ikkinchisi...

    London metrosining muvaffaqiyati juda ko‘p mamlakatlar qiziqishiga sabab bo‘ladi. Garchi metro sifatida qurilmagan bo‘lsa-da, Istanbul yerosti yo‘li Londondan so‘ng ikkinchi eng qadimiy yerosti temiryo‘l tizimi hisoblanadi. 1875-yil ochilgan ushbu yerosti yo‘li qisqa (573 metr) bo‘lishiga qaramay, har kuni o‘n ikki mingdan ortiq insonga xizmat ko‘rsatadi.

    Tez orada okean ortida ham metro qurish ishlari boshlanadi va Chikago Amerikadagi o‘z metrosiga ega ilk shaharga aylanadi. Chikago metrosi London metrosidan farqli ravishda bir qismi yer ustida quriladi va shu sabab ham Chikago metrosi nomi “L” (ya’ni tepaga chiqish ma’nosida) deb ataladi.

    Yevropa qit’asidagi eng qadimiy metro esa Budapesht metrosi hisoblanadi. 1896-yili qurilgan bu metro YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu metroda hali ham uning dastlabki yillardagi dekoratsiyalari mavjud. Qit’adagi keyingi yerosti transport tizimi Parij metrosi bo‘ldi.

    Eng qadimiy va katta metrolardan biri bu Nyu-York metrosi edi. AQShning sobiq poytaxti o‘z yerosti transportiga sakkizinchi bo‘lib, 1904-yili ega bo‘ladi. Biroq Nyu-York metrosi hukmronligi XIX asr oxirida nihoyasiga yetadi. 1993-yil Shanxay metrosi qurib bitkaziladi va dunyodagi eng katta metroga aylanadi. 2021-yilda yana yangi ikkita liniyani foydalanishga topshirgan Shanxay metrosi gavjumligi bo‘yicha faqatgina Xitoyning boshqa bir metrosi — Pekindan ortda qoladi.

    Shanxay metrosidagi vagonlardan biri.

    Shanxay metrosidagi vagonlardan biri.
    Foto: “travel.ru”

    Ayni kunda 59 mamlakat shaharlari o‘z metro tizimiga ega. Har kuni millionlab yo‘lovchi yerosti (bugungi kunda yerusti ham) transportidan foydalanadi. Aniq grafikka egaligi, tezligi va ishonchliligi sabab ham ko‘pchilik metroni afzal biladi. Ayni kunlarda Yevropa va AQShda ushbu tizimni to‘la kompyuterlashtirish ustida ish olib borilmoqda.

    Toshkent metrosi

    Hammamiz uchun ma’lum va mashhur Toshkent metrosi 1977-yili o‘sha paytdagi respublika rahbari Sharof Rashidov tashabbusi bilan qurilgan. Uzunligi bo‘yicha dunyoda 68-o‘rinda turadigan Toshkent metrosidan kuniga 380—420 ming yo‘lovchi foydalanadi.

    Toshkent metrosining “Yunusobod” bekati.

    Toshkent metrosining “Yunusobod” bekati.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Metropoliten oxirgi paytlari poytaxtda asosiy mavzulardan biriga aylandi. Yaqin-yaqingacha deyarli o‘zgarishlarsiz: jetonlar, 1960-yillardan qolgan vagonlar bilan ishlagan metropoliten bugun zamonaviy qiyofada akslanib, yangi yerusti liniyalari qurildi, yangi yo‘nalishlar ochildi.

    2020-yil 29-avgustda “O‘zbekiston” metro yo‘lining Qo‘yliq yo‘nalishidagi yer ustidan o‘tgan, uzunligi 11 kilometr bo‘lgan, yetti bekatdan iborat davomi ishga tushdi. Yil oxirida esa “Chilonzor” yo‘lining Sergeli yo‘nalishidagi davomi foydalanishga topshirildi, u ham, Qo‘yliqdagi metro kabi, yer ustidan o‘tgan.

    Bugun Toshkent metropoliteni bekatlari soni 43 taga yetdi. Ammo eng tez, qulay jamoat transporti bilan bog‘liq hal etiladigan muammolar hali ko‘p.

    11.01.2022, 11:17   Izoh (0)   74720
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.