21:39, 10.01.2022 16481

Parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetik vositalardan qanday ketma-ketlikda foydalanish kerak?

Har kungi kundalik parvarish yuzni yuvish va tozalashdan boshlanadi.

Foto: Cosmopolitan

Tozalash

Uyqudan avval terini tozalaganingizga qaramay, tongda yana maxsus vositalardan foydalanish kerak. Gap shundaki, kechasi yog‘ bezlari faol ishlagani hisobiga changlar yopishib qolishi mumkin. Shu sabab ham eng birinchi ishni tozalashdan boshlash lozim.

Tonik

Shundan keyin terini balansda ushlab, tiklashga yordam beradigan tonikdan foydalaning. U terini namlantirib, holatini yaxshilaydi.

Qovoqlar uchun krem

Keyin esa qovoqlarga krem surtish kerak. Ko‘z atrofidagi teri nozik va parvarishga muhtoj ekani va ajin tushishining oldini olish uchun ushbu bosqichni esdan chiqarmaslik lozim.

Zardob

Keyin bo‘lsa teri ahvoli, rangini yaxshilab, sog‘lom ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan, shuningdek, namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan zardobdan foydalanish kerak. Singishi uchun 1-2 daqiqa kutishni ham unutmang.

Krem

Kundalik surtishga mo‘ljallangan kremlar terini atrofdagi turli changlardan himoya qilish xususiyatiga ega hisoblanadi. Zararli ultrabinafsha nurlaridan saqlanish uchun SPF kremlardan foydalansangiz yana yaxshi. Terining tonggi parvarishi shu yerda o‘z yakuniga yetadi. Bundan keyin makiyaj qiladigan bo‘lsangiz, 15-20 daqiqa kutish tavsiya qilinadi.

Kechki parvarish

Kechki parvarishni makiyajni tozalashdan boshlash kerak. Maxsus tozalovchi vositadan foydalangandan keyin yuzni yaxshilab yuvish lozim. Buning uchun mitselyar suv, maxsus yog‘dan foydalansangiz bo‘ladi, ko‘piklar yoki gel bilan ham tozalash mumkin. Oxiri tonik bilan yuzingizni arting.

Krem surtish muhimmi?

Yoshingiz 45 dan katta bo‘lmasa va teringiz yog‘li, quruq yoki aralash bo‘lsa tonikdan keyin kechki krem surtish shart emas. Gap shundaki, kechasi surtilgan kremlardan keyin ertalab yuzda shish kuzatilishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa uyqudan 2 soat avval surtish va havo aylanadigan joyda uxlash kerak bo‘ladi.

Kundalik parvarish

Asosiy parvarish qilishga mo‘ljallangan vositalardan haftada 1-2 marta foydalangan ma’qul Masalan, shanba kuni piling va niqob qilishni unutmang. Teriga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan skrablar o‘rniga tarkibida oziqlantiruvchi moddalar bor bo‘lgan pilingdan foydalaning.