Sochlaringiz serjilo va sog‘lom bo‘lishini istasangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Soch uchlarini muntazam ravishda kesib turing
Agar sochlaringizni uzun qilib o‘stirmoqchi bo‘lsangiz, har 1—2 oyda soch uchini kesib turish lozim. Muntazam ravishda yarim santimetr kesib tursangiz, sochlaringiz chiroyli va sog‘lom bo‘lib, hatto ikki baravar tez o‘sadi.Mavzuga doir: Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
Sochlarni sovuqdan asrang Ota-onalarimiz bolaligimizda bosh kiyim kiyishga majbur qilishardi: bu nafaqat shamollash xavfini kamaytiradi, balki sochlarimizni sovuq haroratning zararli ta’siridan ham himoya qiladi. Zamonaviy qalpoqlar, shlyapalar va panamalar sochlaringizni sovuqdan qutqaribgina qolmay, balki kiyinish uslubingizga ajoyib detal bo‘ladi.Mavzuga doir: Yashirin xavf: sochlarni quritmay uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?

Issiqdan himoyalovchi vositalardan foydalaning
Soch uchun yuqori harorat past harorat singari salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun mutaxassislar har doim issiqdan saqlovchi zardob va moylardan foydalanishni maslahat beradi.Mavzuga doir: Sochga oq tushishi bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar
Ko‘p bosqichli parvarish Eng yaxshi va to‘g‘ri tanlangan shampunning ham asosiy vazifasi bitta — sochlarni tozalash. Namlash, oziqlantirish va mustahkamlash uchun konditsioner va maxsus niqoblardan foydalaning. Qimmat mahsulotlar sotib olishning hojati yo‘q — tabiiy yog‘lar bu borada yaxshi samara beradi.Mavzuga doir: Mayonez, aspirin, Coca-Cola: Yulduzlarning serjilo sochlari siri nimada? (foto)

Massaj
Soch o‘sishi birinchi navbatda bosh terisi holatiga bog‘liq. Boshni muntazam massaj qilish qon aylanishini yaxshilaydi. Massajni maxsus cho‘tkalar yoki guash kristallari yordamida qilish mumkin.Mavzuga doir: Barcha ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan 4 byuti-gadjet
Bosh terisini tozalash O‘lik teri hujayralarini tozalash nafaqat yuz va tanada, balki bosh terisi uchun ham zarurdir. Maxsus skrab va pilinglar yordamida oyiga 2—3 marta bosh terisini tozalang. Sochlaringiz qay darajada o‘zgarganini 1—2 muolajadayoq sezishingiz mumkin.Mavzuga doir: Sochlarning tez yog‘lanishidan aziyat chekuvchilarga 6 maslahat
Ratsioningizni nazorat qiling Qanchalik yaxshi mahsulotlardan foydalanganingizdan qat’i nazar, sochlaringiz nafaqat tashqi tomondan, balki ichki tomondan ham oziqlanishga muhtoj. Vitamin yetishmovchiligi sochlarning quruq va mo‘rt bo‘lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shuning uchun ratsionda foydali yog‘lar, E va D vitaminlari va turli minerallar bo‘lishiga e’tibor bering.Mavzuga doir: Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi?








