Daryo

Uy sharoitida qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi oddiy usullar

Kosmetolog muolajalarisiz qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi usullar haqida ma’lumot beramiz

1 daqiqa o‘qish92 294 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gettty Images

Kim ham qalin qosh va kipriklarga ega bo‘lishni xohlamaydi deysiz? Hozirda bu muammo emas. Kosmetolog muolajalarisiz qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi usullar haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Kosmetik yog‘lar

Kanakunjut, chakamug‘, bodom, kokos yoki zaytun moylari soch o‘stirishda va qalin qilishda juda yaxshi samara beradi. Bu yog‘larni faqat sochlarga emas, balki qosh va kirpiklaringizga ham surtishingiz mumkin. Buning uchun quloq tozalagich yoki maxsus cho‘tkadan foydalaning.

Baliq moyi

Ushbu mahsulot kosmetik maqsadlarda ham tez-tez ishlatiladi. Kiprik va qoshlarni qalinlashtirish uchun baliq moyidan foydalanishingiz mumkin. Biroq uning o‘ziga xos hidga ega ekanligi, ba’zan esa allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmang.

Qoshlarni massaj qilish va tarash

Qoshlarni massaj qilish va tarash natijasida qon aylanishi yaxshilanadi, ya’ni qosh ildizi mustahkamlanadi va intensiv ravishda o‘sishni boshlaydi. Ushbu muolajalarni amalga oshirishda maxsus krem yoki faollashtiruvchi zardobdan foydalanish natijani yanada yaxshilaydi.

Pudra va tush yordamida

Bunday usul bilan kipriklar faqat tashqi ko‘rinishidangina qalin ko‘rinadi. Shunchaki, tush surtishdan avval kipriklaringizga pudra tekkizib chiqing. Maksimal natijaga erishish uchun kosmetik vositani 10-15 daqiqa oralig‘ida ikki qavat qilib surting.

Qalam va tendan foydalanish

Qalam yoki ten yordamida qoshlarning o‘sish yo‘nalishi bo‘ylab bir tekisda chizib chiqing. Tabiiy ko‘rinishi uchun qoshingizning asl rangidan to‘qlashtirib yubormaslikka harakat qiling. Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar