Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tafsilotlarini taqdim etamiz.

Namanganda poyezd va Gentra to‘qnashishi oqibatida 17 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi 2021-yil 29-dekabr kuni soat 10:30 atrofida Namangan viloyati Pop tumani “Mag‘izor” mahallasi hududidan o‘tgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi fuqaro (2003-yilda tug‘ilgan) Gentra avtomashinasida to‘xtash belgisiga amal qilmay harakatlangani uchun Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro (1983-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi shaharlararo poyezd bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Gentra haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Mirobod tumanida 5-yanvar kuni soat 20:30 atrofida Audi, “VAZ-2106”, 2 ta Matiz va Damas avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi.

Oqibatda “VAZ-2106” haydovchisi O.B. (1978-yilda tug‘ilgan) va Audi yo‘lovchisi S.U. (1998-yilda tug‘ilgan)ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namanganda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 29-dekabr kuni yana bir odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Shu kuni soat 17:30 atrofida “Mo‘g‘ol” mahallasi ichki yo‘lida Lacetti haydovchisi (1997-yilda tug‘ilgan) harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani (1980-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzaxda Jiguli piyodani urib yubordi

YTH 1-yanvar kuni soat 19:30 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan. “Tuyoqli” mahallasida yashovchi fuqaro “VAZ-2102” mashinasini “Obod” mahallasi Islom karimov ko‘chasida boshqarib borayotib, yo‘l chetida ketayotgan piyodani (1992-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro yopiq serebral travma, bosh miya chayqalishi va chap oyoq to‘piq suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yana Jizzaxda yana Jiguli piyodani urib yubordi

Holat 3-yanvar kuni 22:30 atrofida viloyatning Zarbdor tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro “VAZ-2103” mashinasini “Oybek” mahallasida boshqarib borayotib, yo‘lni kesib o‘tayotib “Tinchlik” mahallasida yashovchi piyodani urib yuborgan.

Oqibatda jabrlanuvchi bosh miya yopiq jarohati, koma holati va chap yelka suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi